Tambov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tambov viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 27 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 34,3 ming km². Aholisi 1179,6 ming kishi (2002), asosan, ruslar (97,2%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 23 tumanga boʻlingan, 8 shahar, 12 shaharcha bor. Markazi – Tambov shahri. Boshqa yirik shaxdrlari: Michurinsk, Morshansk. Shahar aholisi 57,2%.[1]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tambov viloyati Sharqiy Yevropa te kisligining markazida joylashgan va OkaDon (Tambov) pasttekisligining markaziy qismini egallaydi. Jar kup. Oʻrtacha bal. 110– 115m (eng baland joyi 219 m). Foydali qazilmalari: har xil gillar, ohaktosh, qumtosh va fosforitlar. Dare vodiysida torf yotqiziqlari bor. Iklimi mo'tadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 10,5°, – 11,5°, iyulniki 19,4°–20,5°. Yillik yogʻin 450–500 mm. Vegetatsiya davri 185 kun. Daryolari: Sna va uning irmoklari. Hududining 10% oʻrmon.[1]

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tambov viloyati – industrialagrar rayon. Sanoat ishlab chiqarishida ogʻir sanoat – mashinasozlik, metallsozlik (yalpi sanoat mahsulotining 45%), yengil sanoat (29%) va oziq-ovqat sanoati (26%) tarmokdari alohida oʻrin tutadi. Kime mashinasozligi korxonalari Tambov ("Tambovpolimermash"), Morshansk va Pervomayskiyda ("Ximmash"); Tambovda vagon taʼmirlash, Michurinskda lokomotiv taʼmirlash zavodlari bor. Tambov, Michurinskda avtomobil va traktor ehtiyot qismlari, Morshanskda teplovozlar uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Anilinbuyoq, texnik rezina buyumlari zavodlari (Tambov), qadimgi sanoat tarmoklaridan movut kombinati (Rasskazovo, Morshansk), tikuvchilik fabrikalari (Tambov, Michurinsk, Morshansk), un, shakarqand, moy, goʻsht, tamaki korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligida gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligi sutgoʻshtga ixtisoslashgan. Xoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Transport yoʻli uzunligi 736 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 5120 km. Sna daryosida kema katnaydi. Asosiy avtomagistrallari: Moskva – Tambov – Volgograd, Tambov – Yelets – Oryol. 3 oliy oʻquv yurti, jamoat kutubxonalari, filarmoniya bor. 25 taga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Tambov viloyati" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil