Ingushiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ingushiya, Ingushiya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Mayd. 3,6 ming km2. Aholisi 317 ming kishi (1999). Poytaxti — Nazran sh. Maʼmuriy jihatdan 4 tuman, 3 shaharga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. I. — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi organi — Xalq majlisi (parlament). Ijrochi organi — hukumat.

Tabiati. I. Katta Kavkaz tizmasi shim. yon bagʻrining markaziy qismida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Oʻrtacha t-ra: yanvarda — 3 dan —10° gacha, iyulda 21—23°. Yiliga 1200 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Sunja. Tekislikdagi tuprogʻi — dasht tuprogʻi. Togʻlarda keng bargli oʻrmonlar baland togʻ oʻtloqlariga tutashadi.

Aholisi. Ingushlar (215 ming kishi), ruslar (14 ming kishi), chechenlar (13 ming kishi), turklar (2,4 ming kishi) va b. yashaydi. Ingushlar oʻzlarini galgay deb ataydilar. Dindorlar islom dinining sunna mazhabida.

Tarixi. Ingushlar 7-a.da birinchi bor tilga olinadi. 9-a. oxiri — 13-a. boshlarida I. Alanlar davlati tarkibiga kirgan. 16-a.ga qadar togʻlarda alohi-da-alohida (Jerax, Fepin, Galga, Sorin, Metsxal) urugʻqabila jamoalariga uyushib yashab kelgan. 16—17-a.larda aholi Sunja va Terek daryolari vodiylariga joylashgan. I. yerlarini 1810 y.da Rossiya bosib olgan. 1921 y.dan RSFSR tarkibidagi Togʻlilar ASSRga kiritilgan. 1924 y.da I. muxtor viloyati tuzilgan. 1934 y.dan Chechen- Ingushiya muxtor viloyati boʻlgan, 1936 y.da u ASSR ga aylantirilgan. I. 1942 y. kuzda nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanvar

da ozod etildi. 1944 y.da Chechen-Ingushiya ASSR tugatilib, aholisi 2-jahon urushi davrida bosqinchilarga yon bosdi, degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirilgan. 1957 y.da muxtor respublika tiklangan. 1990 y.da Chechen-Ingushiya ASSR Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi. 1992 y. dek.da I. Respublikasi tuzildi.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotida neft qazib olish, neft kimyosi, kimyo, gazni qay-ta ishlash, metallsozlik, trikotaj, oziq-ovqat korxonalari muhim oʻrinda turadi. Q.x., asosan, Sunja va Kam-bileyevka daryolari vodiylarida rivojlangan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, suli, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy (asosan, mayin tolali jun beradigan qoʻylar), choʻchqa boqiladi.

Adabiyoti. Ingush xalqining oʻziga xos va boy ogʻzaki adabiyoti mavjud. Ammo yozma adabiyoti 20-a. boshlarida shakllandi. 3. Malsagov (1894—1935) ning "Oʻgʻirlangan qiz" pyesasi (1923) ingush tilidagi birinchi bosma asardir. 30-y.larda S. Oziyev, X. Mutaliyev, J. Yandiyev kabi shoirlar, A. Goygov, I. Bazorkin kabi adiblarning asarlari bosilib chikdi. 2-jahon urushi yillaridaJ. Yandiyev, M. Xashagulgov, I. Ba-zorkinlarning fashist bosqinchilarga nafrat ruhidagi asarlari katta ahamiyatga ega boʻldi. 50-y.lardan adabiyot badiiy yuksaklikka koʻtarildi, barcha zamonaviy janrlarda, ayniqsa roman janrida salmokli asarlar yaratildi. Birinchi ingush romannavisi S. Chaxkiyevning "Oltin ustunlar", "Boʻrining tunlari" asarlari ingush adabiyotida muhim voqea boʻldi. Ularning birinchisida axloq-odob muammolari koʻtarilgan boʻlsa, ikkinchisi tarixiy mavzuda edi. I. Bazorkinning "Asriy zulmatlar osha" epopeyasi xalqning keyingi bir asrlik hayoti va fikr-oʻylarini ifodalab bergan. 60—90-y.larda sheʼriyat badiiy jihatdan ancha yuksaldi, prozada sermazmun ocherk, qissa, romanlar yaratildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil