Temir rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temir rudalari - tarkibidagi temir miqdori va birikmalari undan temirni ajratib olishga texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Temir rudalari mineral tarkibi, temir miqdori, foydali va zararli aralashmalari, hosil boʻlish sharoitlari va sanoatdagi xossalari jihatidan xilmaxildir. Muhim rudali minerallari: magnetit, magnomagnetit, titanmagnetit, gematit, gidrogematit, gyotit, gidrogyotit, siderit, temirli xloritlar. Tarkibi, kelib chiqishi va sifati boʻyicha Temir rudalari gʻar xil boʻlib, sanoatda foydalaniladigan turlarida temir miqdori 16% dan 72% gacha oʻzgaradi va shunga qarab boy (Ғе 50% dan ortiq), oddiy (Ғе 25—50%) va kambagʻal (Ғе 25% dan kam) rudalar farq qilinadi. Odatda, Temir rudalari tarkibida zararli qoʻshimcha elementlar (oltingugurt, fosfor, mis, margimush, qoʻrgʻoshin, rux) uchrab, ularning miqdori 0,1—0,3 dan (S, P, Si) hamda 0,05—0,09% dan (Ag, Zn, Sn, Pb) oshea ruda sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Temir rudasi tarkibida foydali elementlar (Ni, Co, Mp, Sg , Ti, Ni, V va boshqalar) xam mavjud boʻlib, ular (Mn, Cr, Ni) miqdorining maʼlum darajaga koʻpayishi poʻlat sifatini oshirsa, Ti, V, Co kabilar esa, qoʻshimcha foydali element sifatida ajratib olinishi mumkin. Temir rudalari choʻyanni tabiiy koʻrinishda yoki boyitilgandan soʻng eritish uchun ishlatiladi. Tarkibida 50% dan kam Ғе boʻlgan Temir rudalari, asosan, magnit separatsiyasi yoki gravitatsion boyitish metodi bilan (Fe 60% gacha) boyitiladi. Temir rudalari konlari kelib chiqishi jihatidan 3 guruhga: magmatogen, ekzogen va metamorfogen konlarga boʻlinadi: magmatogen (Uralda Kusinsk, Kachkanar skarnlari; JARda Bushveld konlari majmuasi; Qozogʻistonda Sokolov, Sarbay konlari va boshqalar), ekzogen (Qrimda Kerch; Qozogistonda Ayat; Uralda Alapayevsk konlari va boshqalar) va metamorfogen (Rossiyada Krivoy Rog , Kursk magnit anomaliyasi; Avstraliyada Xamereli va boshqalar). Temir rudalari, asosan, choʻyan, poʻlat va turli ferrokrtishmalar olishda, qisman tabiiy boʻyoqlar sifatida hamda burgʻilash quduklarida burgʻilash suyuqligini ogʻirlashtiruvchi qoʻshimcha sifatida ishlatiladi. Temir ruda konlarining eng yirik zaxiralari (80% dan koʻprogʻi) Rossiya, Braziliya, Kanada, Avstraliya, AQSH, Hindiston, JAR, Shvetsiya va Fransiyada joylashgan. Oʻzbekistonda uncha katta boʻlmagan Temir rudalari konlarining bir nechtasi maʼlum boʻlib, ulardan sanoat ahamiyatiga moliklari magmatogen genezisli magnetitgematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan, titanmagnetitli Tebinbuloq temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidandir.