Shahar aholisi
Shahar aholisi - shahar va shaharchalarda yashaydigan kishilar. Shahar va qishloq aholisi nisbati urbanizatsiya darajasini koʻrsatgan. Uning asosiy koʻrsatkichi mamlakat yoki mintaqa aholisining necha foizi shaharlarda yashashini ifodalaydi. Biroq aholi manzilgohlarini qishloq yoki shaharlarga ajratish mezoni barcha mamlakatlarda turlicha boʻlgan.
Yer yuzi aholisining deyarli yarmi shaharlarda istiqomat qilgan. Shahar aholisining oʻsib borishiga — qishloqlarga shahar maqomining berilishi, shaharlar hududining qoʻshni qishloq joylari hisobida ortib borishi va qishloqlardan shaharlarga aholining koʻchib kelishi (migratsiyasi) hamda Shahar aholisining tabiiy koʻpayishi sabab boʻlgan. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda Shahar aholisining oʻsish surʼati pasayib ketgan. Qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan koʻpayishi yuqoriligi natijasida Shahar aholisi ulushi pasayib ketishi tobora ortib borgan Oʻzbekistonda Shahar aholisining sekin oʻsishiga tashqi migratsiya va aholi tabiiy oʻsishining pasayishi (asosan, tugʻilishi) sabab boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |