Xabarovsk oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Хаба́ровский край
Xabarovsk oʻlkasi
Xabarovsk oʻlkasi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Xabarovsk oʻlkasi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Map of Russia - Khabarovsk Krai (2008-03).svg
Administrativ markaz Xabarovsk
Maydon 787 633 km² (4-chi)
- suv qismi 1,1%
Aholi 1 342,1 ming kishi (35-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 1,7 kishi / km²
YaIM 351,3 mlrd rub. (34-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 194,8 ming rub.
Federal okrug Uzoq-Sharq
Iqtisodiy tuman Uzoq-Sharq
Gubernator Vyacheslav Ivanovich Shport
RF subyekti kodi 27
Vaqt mintaqasi MSK+7 (UTC+11)

Xabarovsk oʻlkasiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi oʻlka. 1938 yil 20 oktabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi Uzok, Sharqi janubiy yarmining markaziy qismida. Jan.gʻarbda Xitoy bilan chegaradosh, sharkda Oxota va Yapon dengizlariga tutash. Tatar va Nevel boʻgʻozlari orqali Saxalin o.dan ajralib turadi. Maydoni 788,6 ming km². Aholisi 1435,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (86%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar, nanay, evenk, ulchi, nivx va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,6%. Markazi – Xabarovsk sh. Boshqa yirik shaharlari – KomsomolskAmur, Amursk. Tarkibiga 17 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 25 shaharcha, Shantar va boshqa orollar kiradi.[1]

Xabarovsk oʻlkasi qirgʻoklari kam oʻyilgan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 2500 km chamasida. Relyefining 70% dan koʻproq qismi togʻlardan iborat (SixoteAlin, Jugjur va boshqalar). Bu togʻlar Oxota va Yapon dengiziga parallel choʻzilgan. Oʻlkaning eng baland joyi – SuntarXayata choʻqqisi (2933 m). Shim.gʻarbida YudomMay togʻligi bor. Yirik pasttekisliklari: Kuyi va Oʻrta Amur,Evorontugur (jan. va markaziy qismida), Oxota (shim,da). Foydali qazilmalardan oltin, qalay, alyuminiy, temir, qoʻngʻir kumir konlari, grafit, qurilish materiallari mavjud. Iqdimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi iliq, sernam. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –22°dan (jan.da) – 40°gacha (shim.da); dengiz sohilida – 15°dan –25°gacha, iyulniki 1Gdan (dengiz boʻyi qismida) 21° gacha (ichki janubiy rnlarda). Yillik yogʻin 400 mm dan (shim.da) 800 mm gacha (jan.da), SixoteAlinning sharqiy yon bagʻirlarida 1000 mm gacha. Vegetatsiya davri oʻlkaning jan.da 170–180 kun. Eng yirik daryosi – Amur va uning irmok,lari (Bureya, Tunguska, Goryun, Amgun, Ussuri, Anyuy, Gur). Yirik koʻllari: Bolon, Padali, Xummi, Kadi, Udil, Oryol, Evoryan.[1]

Chimli podzol, oʻtloqibotqoq, qoʻngʻir, qoʻngʻiroʻrmon tuproqlar tarqalgan. Xabarovsk oʻlkasi tayga zonasida joylashgan. Oʻrmonlar oʻlka hududining 50% ni egallagan. Dauriya tilogʻochi, rayan qoraqaragʻayi, oqqaragʻay, daryo sohillarida koreya kedri, shumtol, zarang , grab, qayin, joʻka oʻsadi. Taygada los, shimol bugʻusi, qoʻngir ayiq, silovsin, boʻri, sobol, tulki, suvsar, yelik, kolonok; qushlardan karqur, chil yashaydi. Koʻl va daryolarida baliqning 100 dan ortiq turi bor (jumladan, amur choʻrtani, amur, bakrabaliq, tovonbaliq, laqqa, taymen, leshch, sazan, yelimbaliq va boshqalar). Xabarovsk oʻlkasida Bolshe xexuir, Botchi, Bureya, Jugjur, Komsomolsk qoʻriqxonalari tashkil etilgan.[1]

Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (okean va dare kemalari, samolyotsozlik, "Daldizel" korxonasi, metall kesuvchi stanoklar, kuyuv mashinalari va boshqalar), qora metallurgiya (qora metall prokati, poʻlat – "Amurstal" korxonasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz (fanera, sellyuloza va boshqalar), konchilik (kumir, rangli metallar rudasi, qalay va misning boyitilgan rudalari), kimyo (oltingugurt, kislorod, shina taʼmirlash, sintetik yuvuvchi vositalar, kimyo farmatsevtika, gidroliz va biokimyo zavodlari), baliq hamda oziq-ovqat va yengil sanoatlar. Asosiy sanoat markazlari – Xabarovsk, Komsomolsk-Amur, Sovetskaya Gavan, Nikolayevsk-Amur, Amursk.[1]

Qishloq xoʻjaligida suli, arpa, bugʻdoy, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Chorvachiligi, asosan, sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilik, asalarichilik rivojlangan (asaL va asalari mumi eksport qilinadi). Oʻlkaning shim.da bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, darrandachilik va ov xoʻjaligi xam muxim tarmoq hisoblanadi. Transport yoʻlilar uz. 2307 km. Oʻlkaning jan. kismidan Transsibir, markaziy qismidan BaykalAmur temir yoʻl magistrallari oʻtadi. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 4389 km. Dengiz transporti rivojlangan. Portlari: Vanino, NikolayevskAmur, Oxotsk. Amur daryosida kemalar qatnaydi. Xabarovskda xalqaro aeroport faoliyat koʻrsatadi. 2 ilmiy tadqiqot instituta, 10 ga yaqin oliy oʻquv yurti, 34 ilmiy muassasa, muzey, 4 teatr bor. 10 dan ziyod sanatoriykurort va dam olish muassasalari, shu jumladan, mineral suvlari kurorta mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 "Xabarovsk oʻlkasi" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil