Tomsen Vilgelm Lyudvig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tomsen Vilgelm Lyudvig (1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi.

Kopengagen unti professor (1887— 1913). Daniya Qirolligi ilmiy jamiyati prezidenta (1909 yildan). Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1894).

Birinchi boʻlib UrxunYenisey yodgorliklarini oʻqigan (1893) va ularning qad. turkiy tillarga oidligini aniqlagan.

Qiyosiytarixiy tilshunoslik, finugor va turkiy tillarni oʻrganishga oid ilmiy asarlar yaratgan. Daniya tili lahjalari lugʻatini va shved tili lugʻatini tuzishda qatnashgan. "19-asr oxirigacha boʻlgan tilshunoslik tarixi" monografiyasi muallifi (1902, 1927; 2nashri, 1938 yilda rus tiliga tarjima kilingan). Bu asarida umuman til haqidagi bilimning taraqqiyoti jarayonini kamrab olishga, uni davrlashtirishga, lingvistik tafakkur rivojidagi asosiy tamoyillarni koʻrsatib berishga erishgan.

Shuningdek, T. "Qutadgʻu bilig" ning Vena kutubxonasida saklanayotgan uygʻur yozuvidagi qoʻlyozmasi asosida asar nomining hozirgi transkripsiyasini taklif etgan. Bu transkripsiya koʻpchilik tomonidan, jumladan Oʻzbekistonda ham kabul qilingan.