Ulyanov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Ульяновская область
Ulyanov viloyati
Ulyanov viloyati bayrog'i Ulyanov viloyati gerbi
Ulyanov viloyati bayrogʻi Ulyanov viloyati gerbi
Map of Russia - Ulyanovsk Oblast (2008-03).svg
Administrativ markaz Ulyanov
Maydon 37 181 km² (59-chi)
- suv qismi 5,4%
Aholi 1 274,8 ming kishi (38-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 34,2 kishi / km²
YaIM 174,7 mlrd rub. (49-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 115,5 ming rub.
Federal okrug Privoljsk
Iqtisodiy tuman Privoljsk
Gubernator Sergey Ivanovich Morozov
Qonunchilik majlisi raisi Boris Ivanovich Zotov
RF subyekti kodi 73, 173
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)

Ulyanovsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1943 y. 19 yanvardatashkil qilingan. Rossiya Yevropa qismining jan.sharqida joylashgan. Maydoni 37,3 ming km². Aholisi 1382,3 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73%), shuningdek, tatar, chuvash, mordva, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Viloyat tarkibida 21 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 33 shaharcha bor. Shahar aholisi 73%. Viloyat markazi — Ulyanovsk sh.

Ulyanovsk viloyati hududining 3/4 ga yaqin qismi Volga boʻyi qirlarining sharqida joylashgan. Volga daryosi Ulyanovsk viloyati hududini oʻng va chap (Zavoljye) soxillarga boʻladi. Zavoljye sohili qismi bir oz qiya tekislik. Oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari (bal. 363 m gacha) joylashgan. Foydali qazilmalari: kvars, kumush, diatomitlar, qurilish materiallari xom ashyosi, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanetslar, torf, fosforitlar. Undori mineral suvi bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —13°, iyulniki 19°. Yiliga 400 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 174 kun. Asosiy daryolari — Volga va uning irmoqlari (Sura, Sviyaga, Katta Cheremshan va boshqalar); Kuybishev suv ombori, kichik koʻllar bor. Viloyat oʻrmonli dasht va keng bargli oʻrmonlar (asosan, shim.garbi) zonasida, joylashgan. Zavoljyeda qaragʻayzorlar saqlangan. Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ni egallaydi. Katta maydon unumdor qoratuproqlar bilan qoplangan. Yovvoyi hayvonlardan los, suvsar, tiyin, oq tovushqon, suv parrandalari va botqoqqirgʻoq qushlari yashaydi. Kuybishev suv omborida baliq ovlanadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (U.v,da Rossiya avtobuslarining 64%, yuk avtomobillarining 6%, shuningdek, samolyotlar, stanoklar, kimyo sanoati uchun jihozlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chikariladi). Yengil (jun va zigir gazlamalar, paypoq) va oziq-ovqat (un, yorma va boshqalar) sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, sement, termoizolyatsiya i. ch., yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Eng yirik korxonalari: "Ulyanovskiy avtozavod", "Voljskiye motori", "Avtodetalservis", "Aviastar", mexanika mashinasozlik zavodlari, Dimitrovgrad agregat zavodi. Asosiy sanoat markazlari Ulyanovsk, Dimitrovgrad. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi sutgoʻsht yoʻnalishidagi chorvachilik. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, grechixa, texnika ekinlaridan kungaboqar va qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekinlari va boshqa ekiladi. Transport yoʻlilar uzunligi 709 km, avtomobil yoʻllari uz. 4615 km, Volgada kemalar qatnaydi. Havo transporti viloyatni RFning koʻpchilik r-nlari bilan boglaydi. 2 xalqaro aeroporti (shu jumladan, UlyanovskVostochniy) bor. 46 sanatoriykurort muassasasi faoliyat koʻrsatadi.