Chelyabinsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chelyabinsk viloyatiRossiya Federatsiyasidagi viloyat, 1934 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 87,9 ming km². Aholisi 3606,1 ming kishi (2002), asosan, ruslar (81%), shuningdek, tatar, boshqird, ukrain, nemis va boshqa millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 81,8%. Tarkibida 24 maʼmuriy tuman, 30 shahar, 30 shaharcha bor. Markazi – Chelyabinsk shahri Boshqa yirik shaharlari: Magnitogorsk, Zlatoust, Miass, Kopeysk.[1]

Chelyabinsk viloyati Janubiy Uralning sharqiy yon bagʻirlari va Ural orti platosi bilan yondosh hududda joylashgan. Foydali qazilmalari: temir, nikel, misrux rudalari, qoʻngʻir kumir, magnezit, grafit, boksit, marmar, kvars kumlari va boshqa Iklimi kontinental, kishi sovuq, davomli. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 16°dan –18° gacha. Yozi iliq, janubi-sharqida issiq, iyulning oʻrtacha tempaturasi 17–20°. Yiliga 300 mm dan (tekislikda) 600 mm gacha (togʻlarda) yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 130–150 kun. Asosiy daryolari – Ural, Miass. Chuchuk va shoʻr suvli koʻl koʻp. Eng yirik koʻllari: Uvildi, Irtyash, Turgoyak, Katta Kasli, Chebarkoʻl. Viloyat oʻrmonli dasht va shimoliy dasht zonasida joylashgan. Tuproklari, asosan, oddiy va yuvilgan qoratuproq hamda boʻz oʻrmonli, boʻz togʻoʻrmonli va oʻtloqi tuproq. Shimolida togʻterakqayin va qaragʻay oʻrmonlari, markaziy qismida oʻrmonli dasht oʻsimliklari keng tarqalgan. Oʻrmon va dasht hayvonlari uchraydi. Chelyabinsk viloyati hududida milliy bogʻlar, Ilmen qoʻriqxonasi bor. Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ni egallaydi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora (Rossiyadagi poʻlatning 22% dan ortigʻi, qora metall prokatining 22%, poʻlat quvurlarning 18% ishlab chiqariladi) va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (elektrodvigatellar, radio moslamalari, sovitkich va muzlatkichlar, yuk mashinalari, konchilik jihozlari, stanoklar, soatlar va boshqalar), kimyo (mineral oʻgʻitlar, sintetik smolalar, lok va boʻyoqlar) sanoatlari. Yengil va harbiy sanoat majmuasi korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qoʻngʻir koʻmir, qora va rangli metallar rudalari, magnezit qazib olinadi. Yirik korxonalari: Chelyabinsk traktor zavodi, Yuryuzan mexanika zavodi, UstKatav vagonsozlik zavodi va boshqa Elektr energiyaning koʻp qismi mahalliy elektr stansiyalarda ishlab chiqariladi.

Chelyabinsk viloyatining yetakchi tarmogʻi sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan chorvachilik (qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa), parrandachilik. Gʻallachilik (asosan, bugʻdoy ekiladi) va donloviyachilik, sabzavotchilik rivojlangan. Kartoshka kup ekiladi.

Chelyabinsk viloyati uzunligi 1793 km, qattiq qoplamali avtomobil yullari 8137 km (2002). Viloyat hududidan tranzit neft va gaz quvurlari, avialiniya shoxobchalari utgan. Magnitogorsk va Chelyabinskda yirik xalkaro aeroportlar bor. 10 oliy uquv yurti, 34 ilmiy tadqiqot instituti, 13 muzey, 7 teatr faoliyat kursatadi. Viloyatda 160 dan ziyod sanatoriykurort muassasalari va dam olish joylari bor.

Manbalar[tahrir]

  1. "Chelyabinsk viloyati" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil