Oltoy Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Altai republic map.png

Oltoy Respublikasi (rus. Респу́блика Алта́й olt. Алтай Республика) Rossiya takibidagi mamlakat.

Poytaxti - Togli-Oltoy(olt.Туулу Алтай)

Mamlakatga 1922 yil 1 iyun kuni asoss solingan.

Oltoy, Oltoy Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Mayd. 92,6 ming km2. Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti — GornoAltaysk sh. Maʼmuriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga boʻlinadi. Respublika boshligʻi lavozimi taʼsis etilgan. Parlamenti Davlat majlisi — El Qurultoyi deb ataladi. Hukumatga Respublika boshligʻi raislik qiladi.

Tabiati. Oltoy Respublikasi Oltoyning baland togʻli jan. qismini egallaydi. Respublikada Oltoyning eng bal. nuqtasi — Beluxa togʻi (4506 m) joylashgan. Togʻ tizmalari (Katun, Kuray, Shim. va Jan. Chuya) oraligʻida chuqur vodiylar yoki keng soylik ("dasht")lar bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —12° dan —32° gacha, iyulniki 9—18°. Yillik yogʻin 100 mm dan 1000 mm gacha. Daryolari: Biya va Katun. Ularning gidroenergiya zahirasi katta. Biya daryosida yogʻoch oqiziladi. Yirik koʻli — Telets (Oltinkoʻl). Tuprogʻi qora va togʻ-podzol tuproq. Hududining 25% oʻrmon. Oʻrmondan yuqorida subalp va alp oʻtloklari bor. Yirik soyliklarda togʻdasht yoki chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ echkisi, qoplon, ayiq, boʻri, los, xoldor bugʻu, kulrang sugʻur, uzun dumli yumronqoziq, tiyin, sobol; qushlardan turna, karqur, pishchuxa, qur, chil, oq va tundra kakligi yashaydi. Telets koʻli atrofida Oltoy va Katun qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Chemal togʻ-iqlimiy kurorti mashhur. Telets koʻlida turizm rivojlangan.

Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qozoklar (5,6%), ukrainlar va b. Shahar aholisi 27%.

Tarixi. O. hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uygʻurlar, Enasoy qirgʻizlari, qoraxitoylar, moʻgʻullar oʻtgan. 13-a. boshlarida O. hududi Moʻgʻullar davlatiga tobe boʻlgan. 1756 y.da oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. 1918 y. yanvar— martda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yil iyunida oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 y. aprelda shoʻrolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922 y. 1 iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948 y. 7 yanvarda u Togʻli Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi — Oyrot-Tura sh. esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991 y.da respublika maqomini oldi va 1992 y. maydan O. Respublikasi deb atala boshladi.

Xoʻjaligi. Sanoatining muhim tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil sanoat, oʻrmon va yogʻochsozlik, konchilik, qurilish materiallari sanoati va b. Gorno-Altaysk sh.da goʻsht, yogʻ-pishloq, sut, tikuvchilik, poyabzal korxonalaridan tashkari tajriba yogʻochsozlik k-ti, samovar, temir-beton buyumlari, avtomobil taʼmirlash zavodlari bor. Maysk va Talon shaxdrchalaridagi ruda konlarida oltin kazib olinadi. Chemal GES qurilgan.

Q.x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. Koʻy, echki, qoramol, oltoy otlari va togʻli dasht joylarda qoʻtos, shoxidan doridarmon olinadigan bugʻular (maral va xoldor bugʻular), Chuya vodiysida tuyalar boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Tiyin, oq sichqon, tulki, kolonok, sobol, norka kabi moʻynabop jonivorlar ovlanadi. Togʻ oraligʻi va dare vodiylarida dehqonchilik qilinadi: suli, arpa, makkajoʻxori, kungaboqar, oʻtlar ekiladi. Bogʻdorchilik bir-muncha rivojlangan.

Biysk sh. (Oltoy oʻlkasi)dan Mongoliya chegarasigacha boradigan transport magistrali — Chuya trakti (621 km) O. hududidan oʻtadi.

Madaniyati. 1992/93 oʻquv yili respublikada 199 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, ularda 37 ming bola oʻqidi; 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,9 ming oʻquvchi, ped. institutida 3,1 ming talaba taʼlim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, oltoy tili va adabiyoti i.t. institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida "Altaydin cholmoni" ("Oltoy yulduzi", 1922 y.dan) va rus tilida "Zvezda Altaya" gaz.lari chiqadi. O. radiosi oltoy va rus tillarida eshittirish beradi.

Adabiyoti. Oltoy qabilalarining xitoy va jungʻar bosqinchilariga qarshi kurashi, baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini ifodalovchi qahramonlik eposlari, qoʻshiq, ertak, afsonalar, maqol, topishmoqlar toʻqilgan. 19—20-a.larda M. Yutkanakov, Sh. Shunekov, N. Ulagashev kabi baxshilar, M.V. Che-valkov kabi maʼrifatchilar mashhur boʻlgan. 20-a.ning 20-y.larida yozuvchi M. V. Mundus-Edokov ("Qayliq", "Moziyda va hozirda" pyesalari), shoir P. A. Chagat-Stroyev ("Dono bahodir" va "Qo-raqoʻroʻm" dostonlari) va b. barakali ijod qildilar. 30—40-y.

larda P. V. Kuchiyak xalq hayotini tasvirladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. O. hududida mil. av. 2-ming yillikka oid koʻhna shahar harobalari, istehkomlarning qoldiklari saklanib qolgan. Qoyalarda hayvon, qushlarning tasvirlari, ov manzaralarini uchratish mumkin. Qad. koʻchmanchilarning mil. av. 5— 3-a.larga mansub koʻplab amaliy sanʼat namunalari topilgan. Qad. namat, guldor gilam toʻqish, kashtachilik anʼanalari hamon davom etib keladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil