Burunduqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Burunduqlar
Tamias minimus.jpg
Tamias striatus2.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Burunduqlar, olasichqonlar (Tamias) — kemiruvchilar turkumining tatinsimonlar oilasi urugʻi. Shim. yarim shardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Bir necha turi maʼlum. Rossiyaning sharqiy qismidagi oʻrmonlarda Osiyo B.i (T. sibiricus) uchraydi. Tanasining uz. 14 sm, dumi 9 sm ga yaqin, orqa qismida beshta qora yoʻli boʻladi. Qishda uyquga ketadi, har yili bir marta (baʼzai 2 marta) 4—10 ta bola tugʻadi. Nina barglilar urugʻi, kengbargli daraxtlar bargi, kurtagi va mevasi bilan oziqlanadi, qishga 4 kg gacha oziq (asosan kedr yongʻogʻi) toʻplaydi. B. lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi. Oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligiga qisman ziyon keltiradi. Osiyo B.i kana ensefalitining ikkinchi darajali tarqatuvchisidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil