Dogʻiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dogʻiston Respublikasi

avar Дагъистаналъул Республика
agul. Республика Дагъустан
ozarb. Дағыстан Республикасы
dar. Дагъистала Республика
kum. Дагъыстан Республикасы
lez. Республика Дагъустан
lak. Дагъусттаннал Республика
nog. Дагъыстан Республикасы
rut. Республика Дагъустан
tab. Дагъустандин Республика
sax. Республика Дагъустан
ce. ДегIeстан Республика


Dogʻiston (Tog'iston) davlat bayrogʻi   Dogʻiston (Tog'iston) davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Dogʻiston madhiyasi
Madhiya:
Dogʻiston (Tog'iston) Xaritasi
Poytaxt Maxachkala
Rasmiy til(lar) avarcha
agulcha
ozarbayjoncha
Dargʻincha
qumiqcha
laqcha
lezgincha
noʻgʻoycha
ruscha
rutulcha
tabasarancha
tatcha
saxurcha
chechencha
Hukumat '
 •  Prezident   Muhammadsalom Muhammedov
 •  Bosh Vazir   Muhammad Abdullayev
Maydon  
 • Butun 50,270 km² (-)
 • Suv (%) 0,4
Aholi  
 • 2013 roʻyxat 2,946,035 (- oʻrin)
 • Zichlik 58,6/km²
YaIM (XQT) - yil roʻyxati
 • Butun  (-)
 • Jon boshiga
Pul birligi (RU-DA)
Vaqt Mintaqasi (UTC+4)
 • Yoz (DST)
Qisqartma DA
Internet domen
Telefon prefiksi +

Dogʻiston, Dogʻiston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 50,3 ming km2. Aholisi 2120 ming kishi (1999). Poytaxti — Maxachqala sh. 41 tuman, 10 shahar va 17 shaharcha bor.

Dogʻiston, Togʻiston - turkcha soʻz bolib togʻlik yurt maʻnosini anglatadi.

Davlat tuzumi. D. — respublika. Davlat hokimiyatining oliy organi — Davlat Kengashi. Qonun chiqaruvchi organi — parlament (Xalq majlisi). Ijroiya hokimiyat — hukumat.

Tabiati. D. Shim. Kavkaz togʻlarining sharqiy qismida joylashgan. Sharqda Kaspiy dengiziga tutashadi. Qirgʻogʻi (uz. 530 km) kam parchalangan. Relyefi jihatidan D. hududi 4 qismga boʻlinadi: Pasttekislik qismi — Kaspiy boʻyi pasttekisligining jan.-gʻarbi (bu hududning anchagina qismi okean sathidan past), Togʻ etaklari, Ichki togʻli D. — keng plato va kambar tizmalardan iborat. Bal. 2500 m gacha. Dara va kanon koʻp. Eng chuquri Sulak daryosida (1800 m gacha). Baland togʻli D. — Katta Kavkazning Bosh tizmasi yoki Suvayirgʻich tizma va uning Yon tizmasi. D.ning eng baland joyi — Bozordyuzyu choʻqqisi (4466 m). D. zaminida foydali qazilmalardan neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir, oltingugurt, mergel, kvars kumlari, 200 dan ortik, mineral buloq bor. Iqlimi umuman issiq va quruq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi pasttekislikda 1,4° dan —3° gacha (togʻlarda —5° dan —11° gacha), iyulda 24° gacha. Yiliga pasttekislikning shim.-sharqida 200—300 mm, togʻlarda 600—800 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Terek, Sulak, Samur. Terek va Sulak daryolari etaklarida koʻl koʻp. Tuprogʻi pasttekislik va togʻ etaklarida kashtan tuproq, balandroqda togʻ qoratuprogʻi, togʻ-oʻrmon va togʻ-oʻtloqi tuproqlari. Pasttekislikda va togʻ etaklarining quyi qismida choʻl shuvoq-shoʻra, chala choʻl boshoqli-shuvoq oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida asosan dub, grab, qoraqayin, qayin, qaragʻay oʻrmonlari mavjud. Baland togʻli joylarida dogʻiston takasi, bezoar echkisi, elik, togʻ echkisi, qoʻngʻir ayiq, asl bugʻu, baʼzan qoplon va b. sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan togʻ kurkasi (ular), kaklik, burgut va b. yashaydi. Kaspiy dengizidan turli xil baliq ovlanadi.

Aholisi. Respublikada avar, rus, dargʻin, qoʻmiq, lazgin, lak, ozarbayjon, tabasaran, tat, chechen, noʻgʻay va b.lar yashaydi. Shahar aholisi — 44%. Muhim shaharlari: Maxachqala, Darband, Xasavyurt.

Tarixi. D. hududida odam paleolit davridan boshlab yashab keladi. Mil. av. 1-ming yillikning oxirlarida D. aholisi Ozarbayjon hududida vujudga kelgan yirik davlat — Kavkaz Albaniyasi fuqaroligiga oʻtgan. Mil. 3-a.da jan. D.ni sosoniylar bosib olgan. 4-a.ga kelib Kaspiy sohillarini gunnlar egallagan. 664 y. D.ni arablar egallab, aholi islom dinini qabul qilgan. 11a. oʻrtalarida Ozarbayjonni va D.ning koʻpgina qismini saljuqiylar bosib oldi. 12-a. oxirida Avar xonligi degan yirik davlat vujudga keldi. 13-a.ning 20-y.larida D.ga moʻgʻullar bostirib kirdi va mamlakat uzoq yillar Oltin Oʻrda zulmi ostida yashadi. Markazlashgan rus davlati tashkil topgach (16-a. oʻrtalarida), Rossiyaning D.ga qiziqishi oshdi. 1722 y. Pyotr I qoʻshinlari D.ning dengiz sohillarini bosib oldi. Ganja shartnomasi (1735) dan soʻng bu joylar Eronga topshirildi. Guliston sulh shartnomasi (1813)ga binoan D. Rossiya qaramogʻiga oʻtdi. Ammo podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati togʻliklarning qoʻzgʻolonlariga sabab boʻldi. 19-a.ning 30-y.larida muridlik bayrogʻi ostida togʻliklarning mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik harakati boshlandi. Harakatga D. va Checheniston imomlari — Gʻozi Muhammad, Hamzatbek va Shomil rahbarlik qildi. Kavkaz urushlari (1817—64) natijasida qoʻzgʻolon bostirildi. 19-a. oʻrtalarida, ayniqsa 90-y.larda D.da bochkasozlik, neft haydash zavodlari, arqon va qogʻoz f-kalari, bosmaxona va b. vujudga keldi, 20-a. boshlarida korxonalar koʻpaydi. 1917 y. 1 dek.da Petrovsk-Portdagi mitingda Shoʻro hokimiyati oʻrnatilganligi eʼlon qilindi. Ammo, 1918—20 y.larda nemis-turk qoʻshinlari va oq gvardiyachilar uni bosib oldilar. 1920 y. mart oyida qizil armiya kuchi bilan D.da yana Shoʻro hokimiyati tiklandi.

1920 y. 13 noyabrda D. xalqlarining favqulodda qurultoyida bolsheviklarnkng tazyiqi bilan Shoʻro muxtoriyatini tuzish haqida qaror qabul qilindi. 1921 y. 20yanv.da Butun Rossiya MIK dekreti bilan RSFSR tarkibida Dogʻiston ASSR tashkil qilindi. Shu davrdan to 1991 y. maygacha D.dagi iqtisodiy taraqqiyot, maorif, fan va madaniyatning rivoji bir yoqlama yoʻldan bordi.1991 y. maydan D. Respublikasi deb nomlandi.

1970 y. 14 may kuni D.da qattiq zilzila boʻldi. Tabiiy ofat shahar va qishloqlarga katta ziyon yetkazdi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston ham D.da uy-joy qurilishi ishlarida katta yordam koʻrsatdi. D.dagi "Oʻzbekiston" mikrorayoni oʻzbek va D. xalqlari doʻstligining ramzidir.

Xoʻjaligi. Sanoat mahsulotining 80% oziq-ovqat, mashinasozlik, yengil sanoat (gilamdoʻzlik)ga toʻgʻri keladi. Iqtisodiyotida elektr energetika va neft chiqarish, qurilish materiallari, kimyo sanoati ham muhim rol oʻynaydi. Eng yirik elektr stansiyalari — Chiryurtov GES, Gergebil GES va Chirkey GES. Tabiiy gaz qazib olinadi. Terek-Kuma pasttekisligining shim. da neft va gaz konlari bor. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida (Maxachqala, Izberbash, Darband, Qizilyurt, Buynaksk) metall qirquvchi stanoklar, kema mexanizmlari, dizellar, elektrotermik asboblar, elektrotexnika apparatlari, separatorlar, nasoslar, turli xil pribor va avtomatika vositalari ishlab chiqariladi. Kurilish materiallari sanoati yirik shisha zdi, uysozlik k-ti va temir-beton konstruksiyalari zdidan iborat. Kimyo sanoati korxonalari (Maxachkala) lok, boʻyoq va shisha tola ishlab chiqaradi. Chiryurtovda yirik fosfor tuzlari zdi bor. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (asosan ip va jun gazlama), trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati ham mavjud. D. gilam toʻqish, zargarlik va b. bilan azaldan mashhur.

Q. x. bogʻdorchilik, tokchilik va gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi) yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrinni egallaydi. Koʻproq goʻsht-jun beradigan qoʻylar boqiladi, mayin junli qoʻylar ham koʻp.

T. y.lar uz. 435 km, avtomobil yoʻllari uz. 9600 km. Havo transporti Maxachqalani boshqa shaharlar bilan bogʻlaydi. Maxachqala yirik dengiz porti hamdir.

Sogʻliqni saqlash. D.da 10 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar, ambulatoriya-poliklinika yordami koʻrsatadigan muassasa, 7,7 ming vrach (10 ming kishiga 40,1 vrach) ishlaydi. Bir necha sanatoriy va dam olish uyi, 100 ga yaqin shifobaxsh suv manbai, Talgi kurorti hamda Maxachkala, Richalsuv, Gunib, Buynaksk kabi oromgohlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 295 maktabgacha tarbiya muassasasida 308 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. 1589 umumiy taʼlim maktabi (395 ming oʻquvchi), 27 ta maxsus oʻquv yurti (20,8 ming oʻquvchi) bor. 5 oliy oʻquv yurti, jumladan Dogʻiston universiteti (1957 y. tashkil etilgan; 8 mingga yaqin talaba)da 27,3 ming talaba oʻqiydi. 842 ommaviy kutubxona (6,4 mln. kitob va jur.), 1066 klub muassasasi, 8 muzey (jumladan, Maxachkaladagi tasviriy sanʼat muzeyi, S. Stalskiy uy-muzeyi va b.), 7 teatr, 898 kino kurilma bor. D.da 20 i. t. muassasasi ishlaydi.

Adabiyoti — koʻp tilli (avar, lazgin, tat, noʻgʻay va b.). D. xalqlarining qad. qoʻshiklari, yodnomalari, ertak, afsona, maqol va hikmatli soʻzlari bu adabiyotning yaratilishiga asos boʻlgan. Lakcha "Partu Patima", "Nodirshox.ning tormor etilishi haqida", avarcha "Xochbar haqida qoʻshiq", qoʻmiqcha "Oygʻozi haqida qoʻshiq" kabi qoʻshiqlarda xalqlarning jabr-zulmga va Eron bosqinchilariga qarshi kurashi kuylanadi. 17—18-a.larda xalq ogʻzaki ijodida baxshichilik sanʼati rivojlandi. Yozma adabiyotda esa zullisonayn ijodkorlar koʻpaydi (Hoji Muhammad ibn Musa al-Qudutli, Hoji Dovud al-Oʻsishiy, Muhammad ibn Ali al-Ubriy va b.). Arab grafikasi asosida "ajam" yozuvi paydo boʻldi (18-a.).

19-a.da D. adabiyotida demokratik gʻoyalar chuqur ildiz ota boshladi (qoʻmiq Yirchi Qozoq, lazgin Yetim Emin, dargʻin Umarla Botiray va Mungi Ahmad, rugujilik avar Eldarilav, batlaychalik Tojutdin va b. ijodida). Bu davrda lirika yana oʻsdi. Dargʻin Suqur Qurbon, lak Malley, avar Mahmud, qoʻmiq shoirlari Anxil-Marin va Patimat, lazgin G. Alqodiriy, lak G. Guzunov va Yu. Murkelinskiy, qoʻmiq M. Albekov, M. Osmonov, N. Botirmirzayev kabi ijodkorlarning asarlarida jamiyat turmushini oʻzgartirish, taʼlimtarbiya haqidagi ilgʻor fikrlar ilgari surilgan.

20-a.da S. Stalskiy, Hamzat Sadasa, S. Gabiyev, G. Saidov, 3. Botirmirzayev, P. Nurov, A. Iminogʻayev, Hoji Axtinskiy, tloxlik Muhammad kabi shoir va yozuvchilar ijod qildi. Drama asarlari yaratila boshladi (G. Saidovning "Miskarlar", 3. Botirmirzayevning pyesalari va b.). 20—30-y.larda avar 3. Gajiyev, dargʻin R. Nurov, A. Iminogʻayev, qoʻmiq A. P. Salavatov, A. Magomedov, B. Ostemirov, T. Boybula-tov, lak I. Qurbonaliyev, M. Charinov, lazgin A. Fataxov kabi ijodkorlar yetuk badiiy asarlar yaratishdi.

2-jahon urushi yillarida H. Sadasa, Qoziya Ali, A. Gʻafurov, A. Ajiyev, A. V. Sulaymonov, Yu. Xappalayev kabi shoirlar xalqni fashistlarga qarshi kurashga chaqirdi. Urushdan keyingi yillarda D. adabiyotining koʻlami kengaydi, xilmaxil badiiy shakl, uslub va janrlar vujudga keldi. D. xalq shoiri R. Hamzatov "Tugʻilgan kunim", "Qalbim togʻlarda", "Togʻ qizi" kabi dostonlari, joʻshqin sheʼrlari bilan dunyoga mashhur boʻldi. Keyingi davrda Fazu Aliyeva, A. Saidov, S. Rabadanov, G. Bagandov, S. Izgiyayev, M. Otaboyeva, M. Aminovlar barakali ijod qildilar. D.da bolalar adabiyoti ham rivoj topdi (R. Rashidov "Men xush koʻrgan bolalar", "Ovulimizga qish keldi"; R. Hamzatov "Bobom"; 3. Gajiyev "Vodiy qushchalari", "Qorbobo togʻda"; A. Magomayev "Bobo va nabira"; D. Atnilov "Birinchi dars" va b. toʻplamlar). Dramaturgiyada ham yetuk asarlar yuzaga keldi (M. Aliyev "Ramazonovlar oilasi"; M. Gairbekova "Uchrashuv"; A. Ajamatov "Kelinlar"; T. Xuryugskiy "Oshiq Sayd"; A. Qurbonov "Qaytmasning toʻyi"; G. Rustamov "Rayhon" va b.). D. adabiyotida barcha adabiy janrlar, jumladan, kinodramaturgiya (Ahmadjon Abu Bakar "Bulutlar tarqaldi", "Adam va Xeva") va adabiyotshunoslik rivojlangan.

S. Stalskiy sheʼrlari, R. Hamzatovning "Yuksak yulduzlar" sheʼrlar toʻplami va "Dogʻistonim" asari oʻzbek kitobxonlarining ham mulki boʻlib qoldi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Uzunligi 40 km dan ortiq Darband mudofa istehkomining tosh devorlari va qalʼalari 6-a.da barpo etilgan. 8—9-a.larda arab meʼmorligining taʼsiri kuchaydi (Darbanddagi jome masjid). D. meʼmorligi asrlar davomida, asosan xalq meʼmorligi asosida rivojlangan (bu yerda yashovchi har bir xalq oʻziga xos meʼmorlik usuliga ega). Togʻli joylarda ovullar uzun tor yoʻlakli va zinali koʻchalardan iborat boʻlib, toshdan turar joy, jome masjid va b. qurilgan. 14—15-a.lar va 17—18-a.lardagi yodgorliklar Ozarbayjon meʼmorligiga yaqin uslubda barpo etilgan, Darbandda mahalliy meʼmorlik maktabi shakllangan. 18— 19-a.larda uylar togʻlarda toshdan, tekislikda somonli loydan qurilib, asosan ichki bezagiga (naqshlar, yogʻoch oʻymakorligi va b.) ahamiyat berilgan.

20-a.da uylarning tashqarisini uymakori naqshlar bilan bezash avj olgan. 19—20-a.larda D.da rus klassitsizma. uslubida binolar barpo etildi. Keyingi davrda eski shaharlar qayta qurildi, koʻplab maishiy-maʼmuriy va turar joy binolar (Maxachqalada — hukumat uyi, meʼmor A. M. Alxazov; "Dogʻiston" mehmonxonasi, meʼmor G. Grimm; Drama teatri, meʼmor G. Ya. Movchan va b.) zamonaviy uslubda yaratildi.

D. hududida neolit va jez davrlariga oid sopol buyumlar, naqshlangan toshlar, badiiy metall buyumlar topilgan. Oʻrta asrlarda togdagi ovullarning kupi hunarmandlik buyumlari ishlashda turli sohalar boʻyicha ixtisoslashgan. Koʻp tumanlarda gilam, guldor paypoklar juda qadimdan toʻqiladi.

20-a.ning 2-yarmida tasviriy sanʼat rivojlandi. Rassomlardan M. A. Jamol, Yu. A. Moʻllayev, haykaltarosh X. N. Asqarsarija D. tasviriy sanʼatiga asos soldilar. 1950—60-y.lardan A. I. Avgustovich, K. A. Murzabekov, A. I. Sharipov, aka-uka Sungurovlar kabi rassomlar ijod qila boshladi. 1959 y. Maxachqalada M. A. Jamol nomidagi Badiiy sanʼat bilim yurti ochilgan.

Musiqada qahramonlikni kuylash alohida oʻrinda turadi. Mehnat va muhabbatni madh etish odat tusiga kirib qolgan. Puflama sozlardan — zurna, duduk, balaban, kshul, torli musiqa asboblaridan — yogʻoch-qoʻmuz, tara, tamur, saz, kamancha, urma cholgʻulardan — tep, gaval, diplipito, shuningdek, bayan, balalayka, mandolina, skripka, gitara, klarnet kabi xilma-xil cholgʻu asboblari joʻrnavozligida kuylash odat tusiga kirgan. Lezginkalar bilan birga shoʻx raqslar koʻp tarqalgan. Ustozona musiqa namoyandalari (lazgin va laklarda — oshiq, qoʻmiqlarda — yirchi, avarlarda — shoir, kochoxon, dargʻinlarda — dalalayla yoki usta)ning ijodi anʼanaviy musiqa sanʼatining asosiy qismini tashkil etadi.

D.da musiqa bilim yurti, simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari orkestri, ashula va raqs ansambli, filarmoniya, musiqa bilim yurti va bir necha musiqa maktabi mavjud.

Teatr sanʼati qoʻmiq, avar, lazgin, lak, dargʻin va b. xalqlar ijodidan tashkil topgan. Paxlavon-akrobatlar, dorbozlar, jonglyor va xalq qiziqchilari ("dombaylar") sanʼati keng tarqalgan. 1914 y.da lezginlarning , 1915 y.da laklarning , 1916 y.da qumiklarning havaskor drama toʻgaraklari vujudga keldi. 30-y.larda qoʻmiq, lazgin, avar, lak musiqali drama teatrlari ochildi. Shu teatrlarning tashkil topishi va rivojlanishida A. P. Salavatovning pyesalari, R. Fatuyevning "Togʻliklar", A. Ajamatovning "Ansor", M. Xurshilovning "Oʻtgan kunlar" kabi asarlari muhim ahamiyatga ega boʻldi. R. Hamzatovning "Togʻ qizi", B. Aydayevning "Sulaymon Stalskiy", U. Mantayevning "Takdir", M. Sulaymonovning "Togʻdagi qalʼa" va b. pyesalari D. teatrining keyingi davrdagi asosiy mahsulidir. D. teatr arboblaridan B. M. Murodova, A. S. Kurumov, S. A. Kuxmazov, 3. N. Nabiyeva, G. A. Rustamov, M. R. Rashidxonov, Sh. Abdullayev, M. Abduxoliqov, A. Qurbonova va b. mashhur.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil