Arpa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hordeum vulgare

Arpa (Hordeum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi maʼlum. Dehqonchilikda A. Oʻrta Osiyo (Turkma-niston jan.)da miloddan avvalgi 12- 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. (N. sativum) jahondagi koʻpgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga koʻra, A. bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. A. ildiz toʻplami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 — 6 ta boʻgʻimli, boʻyi 30 — 35 sm dan 130 — 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa gʻalla oʻsimliklarining bargidan koʻra kengroq. Toʻpguli boshoq. Mevasi parda-li yoki yalangʻoch don, rangi sargʻish, och ji-garrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 — 60 g. Bahori A.ning vegetatsiya davri 55-110 sutka, kuzgisiniki 180 — 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). A. eng tezpishar don ekinidir. A. oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Maysalari 4 — 5°da unib chiqadi, oʻsib rivojlanib bori-shi uchun qulay harorat 22°. A. issiqqa chidamli oʻsimlik, havo quruqligini yaxshi koʻtaradi. Xalq xoʻjaligida A.dan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalani-ladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yogʻ, 2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng .Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sugʻoriladigan yerlarda kuzgi-qishki va koʻklamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi A. yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan ol-din (maining oxiri — iyun) pishib yetiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Urugʻlari 4 — 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish meʼ-yori A.ning faqat oʻzi eqilganda 100 — 120 kg/ga, vika bilan birga eqilganda 50 — 70 va 40 — 50 kg/ga. A. oʻgʻitlarga talabchan. Yuqori hosil olish uchun gektariga 30 — 45 kg N (azot), 45 — 60 kg R2O5 (fosfor), 60 kg K,O (ka-liy) solinadi. A. zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, koʻkkoʻz va b; kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqaAd:. Kurbanov K., Yachmen v usloviyax bogaroʻ Oʻzbekistona, T., 1972; Yigitali-yev M., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981.Qoʻziboy Dushamov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil