Nenetslar muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nenetslar muxtor okrugi (1977 i. 7 okt.dan) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk tarkibidagi muxtor okrug . Shim. iktisodiy r-nga kiradi. 1929 yil 15 iyulda mil-liy okrug sifatida tashkil etilgan. Rossii Yevropa qismining chekka shim.gʻarbida joylashgan. Hududining asosiy qismi Shim. Qutbiy doyra orkasida. Oq, Barens, Pechora va Kara dengizlariga tutash. Kolguyev va Vaygach orollarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 176,7 ming km². Aholisi 46,6 ming kishi (1998). Rus, nenets, komilar yashaydi.

1 km² ga 0,3 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 59,4%. Okrugda 1 shahar va 2 shaharcha bor. Poytaxti — NaryanMar shahri

Yer yuzasi asosan, tekislik, bir necha past togʻlar (kryajlar), Timan kryaji va Pay-Xoy tizmasi (balandligi 467 m gacha) bor. Bolshezemelsk va Malozemelij tundralari botqokdashgan. Iqlimi subarktika iqlimi, yozi salqin, qishi uzoq va sovuq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —12° dan (jan.-gʻarbda) —22° gacha (shim.sharkda), iyulniki 6° dan (shim. da) 13° gacha (jan.da). Yillik yogʻin 350 mm gacha. Toʻngib yotgan yer koʻp. Vegetatsiya davri 72—110 kun. Eng katta daryosi — Pechora. Asosan, gleyli tundra va gleyli-torfli, jan.-gʻarbda gleyli-podzol tuproqlar tarqalgan. Hududining U4 qismi tundra zonasida. Dare vodiylarida tolzorlar bor. Dare kayirlari va Pechora deltasi oʻtloq. Hududining koʻp qismi bugu uchun yaylov. Oq tulki, oq sichqon, qushlardan tundra kakligi, gʻoz, oʻrdaklar yashaydi. Dare va dengizlar baliqqa boy.

Sanoati yogʻoch tilish, baliq konserva, goʻsht-sut korxonalaridan iborat. Neft, gaz, torf, qurilish materiallari konlari mavjud. Bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Burka tikish, sovgʻa buyumlari ishlab chiqarish anʼanaviy kayebkorlik hisoblanadi. Yirik korxonalari: "Pechorales", baliqchilik k-ti, Naryan-Mar yogʻ zavodi va goʻsht k-ti. Bosh sanoat markazi — Naryan-Mar shahri Qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Kartoshka, sabzavot, turneps ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Pechora daryosida kema katnaydi. Dengiz portlari: Naryan-Mar, Amderma. Yuklar, asosan, avtomobil trans-portida tashiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil