Igor Sergeyev
Igor Sergeev | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Sergeev | |
Tavallud sanasi | 30-aprel 1993-yil (27 yosh) | |
Tavvalud joyi | ![]() | |
Boʻyi | 187 sm | |
Vazni | 76 kg | |
Ampluasi | Hujumchi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | ![]() | |
Raqami | 11 | |
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
![]() | ||
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2011-h.v | ![]() |
52 (16) |
Milliy terma jamoa | ||
2013-h.v | Oʻzbekiston U-18 Oʻzbekiston U-19 Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston |
4 (1) 14 (9) 3 (2) 17 (5) |
1 Professional klublardagi gollari |
Igor Sergeyev — oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Paxtakor PFK aʼzosi.
Faoliyati[tahrir]
Paxtakor[tahrir]
Igorning Paxtakor tarkibidagi dastlabki debyut oʻyni 2011-yil 5-mart kuni Qizilqumga (futbol jamoasi) qarshi boʻlib oʻtadi. Bunda u oʻyinning 90-daqiqasida Temurxoʻja Abduxoliqovning oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi.[1]. I.S faoliyati davomida Paxtakor tarkibida 52 ta oʻyinga tushib 15 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.
Milliy terma jamoa[tahrir]
Milliy terma jamoaga taklif qilingunga qadar Sergeev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida[2]. toʻp surgan. MTJ dagi dastlabki oʻyinni 10-sentabr 2013-yilda Iordaniya milliy futbol terma jamoasi ga qarshi oʻtkazgan. MTJ tarkibidagi 2-oʻyini Vyetnam termasiga qarshi kechdi va bunda Igor terma jamoa tarkibida oʻzining ilk golini nishonladi.
Osiyo Kubogi-2015 bahslarida esa 3ta uchrashuvda oʻyinga tushib Shimoliy Koreyaga qarshi kechgan oʻyinda kiritgan goli uchrashuv oxirigacha yagonaligicha qoldi va yakunda Igorning goli MTJ uchun muhim boʻlgan 3 ochkoni taqdim etdi.
Yutuqlari[tahrir]
Jamoaviy[tahrir]
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni: 2012 2014
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2011
- Oʻzbekiston kubogi sovrindori: 2011
- Yoshlar oʻrtasida Osiyo Kubogi finalchisi: 2012
Shaxsiy[tahrir]
- Yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2012
Manbalar[tahrir]
- ↑ Pakhtakor 2-0 Qizilqum. Soccerway. 20 November 2012.
- ↑ Sergeev scoops top scorer award. The Asian Football Confederation. 20 November 2012.
|
|