Akmal Shorahmedov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 10-may 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Jizzax Oʻzbek SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.81 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Raqami | 2 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005-2006 | Soʻgʻdiyona | 51 | (1) |
2007 | Navbahor | 16 | (0) |
2008 | Soʻgʻdiyona | 30 | (3) |
2009-2010 | Andijon | 53 | (0) |
2011-2016 | Bunyodkor | 168 | (7) |
2017 | Nasaf | 28 | (1) |
2018 | Paxtakor | 27 | (0) |
2019-2020 | AGMK | 35 | (0) |
2021 | Neftchi | 20 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2018 | Oʻzbekiston | 36 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Akmal Shorahmedov 1986-yili 10-mayda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasining Jizzax shahrida tugʻilgan. Sobiq futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi. Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.[1]
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Akmal professional futboldagi ilk faoliyatini tugʻilib oʻsgan Jizzax shahri klubi Soʻgʻdiyona tarkibida boshlagan. Soʻgʻdiyonada ikki mavsum oʻynagan, 51ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. 2007-yilning bahoriga kelib u Namanganning Navbahor klubiga oʻtadi va u yerda bir mavsum oʻynaydi 16ta uchrashuvda maydonga tushadi.
2008-yilning boshida yana Jizzaxga qaytib Soʻgʻdiyona klubi bilan shartnoma imzolaydi va u klubda 1 yil davomida 30 ta oʻyinda oʻynab raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol etgan.
Akmal 2008-yilning dekabr oyida Andijonning Andijon klubi bilan shartnoma tuzadi. Andijon klubi tarkibida futbolchi haqiqiy lider oʻyinchiga aylanadi va ikki mavsum oʻynab 53 marta maydonga tushadi. Oʻsha yili Akmal milly teram jamoa murabbiyining diqqat eʼtiboriga tushadi.
2011-yili Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imozalaydi va hozir ham ushbu klub sharafini himoya qiladi.[2] 2017-yil 6 yillik mavumdan soʻng qaldirgʻochlar bilan Akmal yangi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[3][4] Qashqadaryoliklar safida bir mavsum toʻp surgan soʻng, 2018-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[5] 2019-yilgi yangi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2 mavsum davomida konchilar sharfini himoya qildi.[6] 2020-yil mavsum yakunida AGMK safini tark etgan Shorahmedov yangi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnom imzoladi va Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni boʻldi.[7] Mavsum oxirida faoliyatini yakunladi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Akmal terma jamoa tarkibiga 2010-yili taklif etilgan va ilk bora Albaniyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.
2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi 4-roundida Oʻzbekiston Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda Akmal Shorahmedov oʻz jamoasiga avtogol urib qoʻygan va jamoani chempionatga chiqish rejasini qiyinlashtirgan edi.[8]
2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushgan. 2022-yil may oyida Oʻzbekiston terma jamoasi va Italiyaning A Seriyasi yulduzlaridan tashkil topgan uchrashuvda qatnashdi va terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.[9]
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safida Oʻzbekiston Pro ligasi chempionligini qoʻlga kiritgach faoliyatiga yakun yasadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzoladi.[10] Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.[1]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bunyodkor
- O‘zbekiston ligasi (2): 2011, 2013
- O‘zbekiston Ligasi ikkinchi o‘rin sohibi (1): 2012-yil
- O‘zbekiston kubogi (2): 2012, 2013
- O‘zbekiston Superkubogi (1): 2014-yil
Neftchi
- Oʻzbekiston Pro l;igasi chempioni: 2021-yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Шораҳмедов ва Шквирин "Пахтакор"да иш бошлади“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ [1] 11-iyun 2013
- ↑ „Расман: Акмал Шораҳмедов "Насаф"га ўтди“. 8-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „"Насаф" Акмал Шораҳмедовнинг трансферини тасдиқлади“. 9-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Расман: Акмал Шораҳмедов "Пахтакор" футболчисига айланди“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „АГМК Шораҳмедов ва Нурматов билан шартнома тузди“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Расмий хабар: Акмал Шораҳмедов "Нефтчи"га ўтди“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ [2] 11-iyun 2013.
- ↑ „Шораҳмедов: "Бугунги рақибдан ўрнак олишимиз керак"“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Жамшид Саидов ва Акмал Шораҳмедов "Локомотив" мураббийлар штабида фаолият юритади“. 11-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Akmal Shorahmedov National-Football-Teams.comda
- Akmal Shorahmedov — soccerway
|
|
|