Ilhom Moʻminjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilhom Moʻminjonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich
Tavallud sanasi 21-yanvar 1979-yil (43 yosh) Oʻzbekiston SSR, SSSR
Tavallud joyi OʻzbekistonOʻzbekiston
Boʻyi 184 sm
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OʻzbekistonNeftchi (fargʻona)
Raqami Bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 Oʻzbekiston MHSK (3 (0))
1999—2002 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) (103 (38))
2003 Oʻzbekiston Navbahor (14 (4))
2004—2006 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) (79 (29))
2006—2007 Oʻzbekiston Lokomativ (Toshkent) (44 (15))
2007 Oʻzbekiston Quruvchi (32 (21))
Milliy terma jamoa
2001—2007 OʻzbekistonOʻzbekiston (3 (0))
Boshqargan klublari
2011—2012 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2013 Oʻzbekiston Paxtakor-2
2014 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (U-16) assistent
2016 Oʻzbekiston Paxtakor-d
2016—2018 OʻzbekistonNavbahor
2019 Oʻzbekiston Surxon
2021- Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich — (1979-yil 21-yanvarda tugʻilgan) Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Murabbiy.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumni Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsum Namanganning „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan[1].

  • 2006- va 2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Toshkent quruvchi“

(klub nomi 2008-yilda „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.

  • 2007-yilda „Quruvchi“da Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.
  • 2001-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy terma jamoalariga qarshi);
  • 2007-yilda Estoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan. Murabbiylik faoliyati
  • Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning „NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi, Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini;
  • 2013-yilda „Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan.
  • 2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan[2].
  • 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasini boshqargan.
  • 2016—2018-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi;
  • 2019-yilning yanvar oyidan „Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq fevral oyida u bir yilga diskvalifikatsiya qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]