Kontent qismiga oʻtish

Otabek Shukurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Shukurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Shukurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Otabek Gʻayratovich Shukurov
Tavallud sanasi 1996-yil 22-iyun (1996-06-22) (30 yosh)
Tavallud joyi Chiroqchi Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Fayha FC
Raqami 29
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Mashʼal Mubarak 4 (0)
2015 Bunyodkor 2 (0)
2015 Buxoro 14 (2)
2016—2018 Bunyodkor 53 (5)
2018—2022 Al-Sharjah 95 (10)
2022—2023 Fotih Karagumruk 43 (1)
2024 Kayserispor 12 (0)
2024—2025 Al-Fayha FC 8 (0)
Milliy terma jamoa‡
2013 Oʻzbekistan U-17 4 (0)
2015 Oʻzbekistan U-20 5 (0)
2016 Oʻzbekistan U-23 3 (0)
2016— Oʻzbekiston 80 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 5-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 5-sentyabr uchun)

Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi[1]. Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborakning „Mashʼal“ jamoasining akademiyasida taʼlim olgan. Birinchi murabbiyi Dilshod Andayev edi[2]. 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan. 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobod“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2015-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ klubi tarkibiga doʻsti Eldor Shomurodov bilan birgalikda oʻtgan. Dastlabki mavsumida Toshkent klubida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va asosiy jamoa tarkibidagi raqobat sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan[3].

Otabek Buxoro jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ jamoasi tarkibiga qaytgan[4][5] Navbatdagi ikki mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasining muhim futbolchilaridan biri boʻlgan va 53 oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan[6].

2017-yil mavsum yakunida Bunyodkor jamoasini tark etgan va BAAning „Al Sharjah“ jamoasi tarkibiga oʻtgan[7][8]. BAA jamoasi tarkibida besh mavsum davomida oʻynagan va 95 ta 10 ta gol muallifi boʻlgan. 2019-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori ligasi chempionligi[9] va BAA Superkubogini qoʻlga kiritgan[10].

Fatih Karagumruk

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 27-iyulda Turkiyaning Fatih Karagumruk jamoasi Otabekni Sharjah jamoasidan sotib olganini va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[11][12][13]. Karagumruk jamoasi tarkibida 1,5 mavsum davomida oʻynagan va italiyalik murabbiy Andrea Pirlo qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etgan. 2023-yil 30-dekabrda turk jamoasi tarkibi tark etganini eʼlon qilgan[14][15].

2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida xabar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan[16][17][18].

Turkiya jamoasi yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2024-yil 1-sentyabrda Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ jamoasi tarkibiga oʻtgan[19][20].

2024-yil 3-sentyabrda Al Fayha jamoasi Shukurov bilan shartnoma imzolganini eʼlon qilgan[21].

Xalqaro martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Otabek 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan[22].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika (UTC).[23]
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Mashʼal Muborak 2014 Oʻzbekiston Superligasi 4030––70
Bunyodkor 2015 202000–40
Buxoro 2015 14200––142
Bunyodkor 2016 2506070–380
2017 2857270–427
Total 737182140–1059
Sharjah 2017–18 BAA Pro ligasi 11000––110
2018–19 17200––172
2019–20 193305010283
2020–21 241107010331
2021–22 2443161–336
Total 9510711812012212
Fatih Karagümrük 2022–23 Turkiya Superligasi 28130––311
2023–24 15000––150
Kayserispor 2023–24 12000––120
Al Fayha 2024–25 Saudiya Professional Ligasi 0000––00
Career total 223182833212028522
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Oʻzbekiston2016101
201750
201871
201991
202020
202171
2022100
2023114
2024101
Jami719

2024-yil 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika

Xalqaro maydon

[tahrir | manbasini tahrirlash]
№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 11-oktabr Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Xitoy
2–0
2–0
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 2018-yil 23 mart Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash  Senegal
1–0
1–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2019-yil 14-noyabr Paxtakor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Saudiya Arabistoni
2–1
2–3
2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2021-yil 26 mart Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston  Gana
1–0
2–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
5.2023-yil 12-sentyabrMercedes-Benz Stadium, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari Meksika
3–3
3–3
6.2023-yil 16-oktyabrDalian Sports Centre Stadium, Dalian, Xitoy Xitoy
1–1
2–1
7.2023-yil 16-noyabrAshxobod Stadioni, Ashxobod, Turkmaniston Turkmaniston
1–1
3–12026 FIFA Jahon chempionati saralashi
8.2–1

Birlashgan Arab Amirliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • BAA Ligasi chempioni: 2018/2019[24]
  • BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022
  • BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020
  • BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021

Futboldan tashqari faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan[25][26].

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[27].

  1. ↑ Player profile: Otabek Shukurov. int.soccerway.com.
  2. ↑ „Отабек Шукуровдан Дилшод Андаевга 1 000 000 сўм“ (2013-yil 26-dekabr).
  3. ↑ „"Бунёдкор" Шукуровни "Бухоро"га ижарага берди“ (2015-yil 31-iyul).
  4. ↑ „Otabek Shukurov - Stats and titles won - 21/22“.
  5. ↑ „Otabek Shukurov - Player Profile - Football“.
  6. ↑ „Отабек Шукуровдан супер гол!“ (2015-yil 23-noyabr).
  7. ↑ „Отабек Шукуров БАА клубига ўтди“ (2017-yil 27-dekabr).
  8. ↑ „Отабек Шукуров "Шаржа" билан шартномани узайтирди“ (2018-yil 7-dekabr).
  9. ↑ „Отабек Шукуров ҳамда "Шаржа" - БАА чемпиони!“ (2019-yil 16-may).
  10. ↑ „Отабек Шукуров БАА Суперкубоги соҳиби“ (2019-yil 15-sentyabr).
  11. ↑ „⚡️ Эшитдик-да! “Шаржа” Шукуровни қанчага сотгани маълум“ (2022-yil 26-iyul).
  12. ↑ „Отабек Шукуров қандай клубга ўтди? Қанча маош олади?“ (2022-yil 28-iyul).
  13. ↑ „Расман: Отабек Шукуров - "Фотих Карагюмрук" футболчиси!“ (2022-yil 17-iyul).
  14. ↑ „Отабек Шукуров турк клубини тарк этди“ (2023-yil 30-dekabr).
  15. ↑ „Отабек Шукуров "Фотиҳ Карагюмрук"дан кетиш сабабларини ошкор қилди“ (2024-yil 12-yanvar).
  16. ↑ „Otabek SHukurov Turkiya Superligasi vakili bilan deyarli kelishib boʻldi“ (2024-yil 6-fevral).
  17. ↑ „Отабек Шукуров «Кайсериспор» футболчисига айланди“. 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  18. ↑ „Расман: Отабек Шукуров - "Кайсериспор" футболчиси!“ (2024-yil 8-fevral).
  19. ↑ „الأوزبكي أوتابيك شوكوروف فيحاوي لمدة موسم واحد“ (ar). Al-Fayha FC (2024-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
  20. ↑ „Otabek Shukurov Al Fayha futbolchisi“ (uz). Tribuna.uz (2024-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
  21. ↑ „Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради“ (2024-yil 3-sentyabr).
  22. ↑ „UzPFL“. Telegram. Qaraldi: 2026-yil 29-may.
  23. ↑ „O.Shukurov“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  24. ↑ „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  25. ↑ „Otabek Shukurov muhtojlar uchun 100 mln so‘m xayriya qildi“.
  26. ↑ „Otabek Shukurov karantin vaqtida muhtoj oilalarga yordam berish uchun 100 mln so‘m xayriya qildi“.
  27. ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.