Vohid Shodiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vohid Shodiyev Muhiddinovich | ||
Tavallud sanasi | 9-noyabr 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Xatirchi tumani, Oʻzbek SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | hujumkor yarimhimoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 2008 2009 2010—2012 2012—2014 2014—h.h |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(? (?) 7 (0) 25 (7) 24 (0) 51 (17) 22 (9)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2013 |
![]() | (14 (3)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Vohid Shodiyev 1986-yil 9-noyabrda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tugʻilgan. Toshkentning Bunyodkor futbol klubi, hamda, Oʻzbekiston milliy terma jamoas yarimhimoyachisi hisoblanadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vohid Shodiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Navoiyning Zarafshon klubida boshlagan, ushbu klubda u 3 mavsum oʻynab 20 ga yaqin gol muallifi boʻlgan. 2008-yili bir mavsum Andijonning Uz-Dong Ju tarkibida oʻynab 7 marta maydonga tushgan boʻlsa, 2009-yili Navoiyning yana bir klubi Qizilqum tarkibida ham bir mavsum oʻynab, 25ta uchrashuvda maydonga tusib raqiblar darvozasini 7marta ishgʻol qilgan.
U 2010-yili Fargʻonaning Neftchi klubiga oʻtadi va u klubda 2 mavsumda 24ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi. Undan keyin, 2012-yilning fevral oyida Buxoroning Buxoro klubi bilan sartnoma tuzadi. Ushbu klubda u jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Vohid Shodiyev Buxoro klubida 51 uchrashuvda maydonga tushib, jaʼmi 17ta gol urgan.
2014-yilning boshida u Toshkentning Bunyodkor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va tez orada ushbu klub bilan shartnoma imzolaydi va oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining kumush medali sohibiga va Oʻzbekiston Super kubogining oltin medali sohibiga aylanadi. Bugungi kunga qadar u ushbu klub tarkibida 22ta uchrashuvga maydonga tushib 9ta gol muallifi boʻlgan, hozir ham ushbu klubda toʻp surmoqda.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vohid Shodiyev 2013-yilning 6-noyabrida 2015-yilgi Osiyo kubogi uchun kechgan saralash bosqichida Vyetnamga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirtirildi.[1] 15-noyabrda u Vyenamga qarshi kechgan oʻyinda ilk debyutini oʻtkazdi va oʻshanda Vohid Shodiyev terma jamoadagi ilk golini raqiblar darvozasiga joylab qoʻydi. Oʻsha yilning 19-noyabr kuni Gon Kong terma jamoasiga kechgan ucrashuvda ham gol urib terma jamoadiga ikkinchi golini oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida u terma jamoa safida qatnashdi. Guruh bosqichida Saudiya Aabistoni bilan kechgan juda muhim oʻyinda, muhim golni urib terma jamoaning guruh bosqichidan chiqishiga katta hissasini qoʻshgan edi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Statistikalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | AFC | Jaʼmi | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Neftchi | 2010 | 15 | 0 | 2 | 1 | - | 17 | 1 | |
2011 | 9 | 0 | 3 | 1 | - | 12 | 1 | ||
Jaʼmi | 24 | 0 | 5 | 2 | - | 29 | 2 | ||
Buxoro | 2012 | 25 | 5 | 6 | 0 | - | 31 | 5 | |
2013 | 26 | 12 | 0 | 0 | - | 26 | 12 | ||
Jaʼmi | 51 | 17 | 6 | 0 | - | 57 | 17 | ||
Bunyodkor | 2014 | 20 | 6 | 5 | 3 | 7 | 2 | 32 | 11 |
2015 | 2 | 2 | 0 | 0 | 4 | 1 | 6 | 3 | |
Jaʼmi | 22 | 8 | 5 | 3 | 11 | 3 | 38 | 14 | |
Jaʼmi faoliyatida | 97 | 25 | 16 | 5 | 11 | 3 | 124 | 33 |
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
№ | Sana | Maydon | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 15-noyabr 2013 | Xanoy, Vyetnam | ![]() |
1–0 | 3–0 | AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi |
2. | 19-noyabr 2013 | Gon Kong | ![]() |
1–0 | 2–0 | AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi |
3. | 18-yanvar 2015 | Melburn, Avstraliya | ![]() |
2–1 | 3–1 | AFC Osiyo kubogi 2015 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Kasimov announces expanded squad of Uzbekistan“. UzDaily.com (6-noyabr 2013-yil). 8-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Vokhid Shodiev player info at soccerway.com
- Vokhid Shodiev player info at Eurosport Australia
- Vokhid Shodiev- Footballdatabase
- footballfacts.ru
- Bunyodkor PFK saytidagi profili (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
- national-football-teams.com
|
- 9-noyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Xatirchi tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Fargʻona sport kishilari
- Uz DongJu klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Perak F.C. futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Malayziyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari