Jasur Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasur Hakimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jasur Baratovich Hakimov
Tavallud sanasi 24-may 1994-yil (1994-05-24) (29 yosh)
Tavallud joyi Oʻrta Chirchiq tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 1,86 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Toshkent
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2013 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2018 Paxtakor 34 (5)
2014—2015  Soʻgʻdiyona 41 (10)
2016  Metallurg Bekobod 12 (1)
2018  Qoʻqon 1912 16 (2)
2019 AGMK 16 (1)
2020 Buxoro 24 (3)
2021 Turon 9 (1)
2021 Soʻgʻdiyona 9 (0)
2022—2023 Bunyodkor 38 (13)
2024— Lokomotiv Toshkent 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Oʻzbekiston U-17 3
2012—2013 Oʻzbekiston U-20 1
2013—2016 Oʻzbekiston U-23 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 22-may uchun)

Jasur Baratovich Hakimov (1994-yil 24-may Oʻrta Chirchiqda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp suradi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011[1][2] va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musoboqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati „Paxtakor“ jamoasi akademiyasidan boshlagan. Paxtakor jamoasida 2014-yilgacha oʻrinbosarlar jamoasida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga ijaraga berilgan.[3] 2016-yilgi mavsumda yana poytaxt jamoasiga qaytgan Jasur mavsumda yana ijaraga berildi, bu safar Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga. Madanchilar safida yarim mavsum davomida oʻz oʻrnini topa olmagach yozgi transfer oynasi vaqtida sherlar safiga qaytdi.[4] „Paxtakor“ jamoasi bilan keyinchalik 2 yil davomida faoliyat olib bordi va 2018-yil yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Supurligasining boshqa bir jamoasi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga oʻtdi.[5][6] Mavsum yakunlangach 2019-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasini Olmaliqning „AGMK“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2020-yildi mavsumda navbatdagi jamoa, Buxoroning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[7] Buxoroliklar safida bir mavsum davomida yoʻp surga xolda jamoa bilan xayrlashdi. 2021-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Supurligas debyutanti, Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaypan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surga xolda,[8] Ulugʻbek Baqoyev boshchilik qilayotgan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach jizzaxlilar bilan shartnomasi yakunlandi[9] va 2022-yilgi mavsum oldidan jaroxat odi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasi bilan mashgʻulot olib bordi. 2022-yil yozgi transfer oynasida Toshkent jamoasi bilan shartnoma imzolab, hozirgacha shu jamoada toʻp surmoqda. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 6 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2024-yilning yanvar oyida „Lokomotiv“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[10][11][12].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalar safida 2011 va 2013-yilgi jahon chemppionatlarida toʻp surgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2021
  • Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
  • Oʻzbekiston Liga Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
  • Oʻzbekiston Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Foto arxiv: Meksika qahramonlaridan kimlarni tanidingiz?“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  2. „Bundan roppa-rosa 10 yil oldin Toshkent mezbonlik qilgan, Hakimov va Minamino to'purar bo'lgan Osiyo chempionatini yodga olamiz“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  3. „Jasur Hakimov yangi yilda "Paxtakor"da o'ynashi mumkin“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  4. „Жасур Хакимов может вернутся в "Пахтакор"“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  5. „Новички «Коканда-1912» определились с игровыми номерами (Фото)“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  6. „Zabikhillo Urinbaev, Jasur Hakimov and Andrey Sidorov return to FC Pakhtakor from a loan“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  7. „“Buxoro” 2020-yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  8. „Jasur Hakimov va yana bir futbolchi "Turon"dan ketdi“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  9. „Jasur Hakimov "So'g'diyona"ni tark etdi“. 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  10. „Жасур Ҳакимов Тошкентнинг бошқа бир клуби билан шартнома имзолади! (ФОТО)“ (2024-yil 6-yanvar).
  11. „“Бунёдкор”нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини қайси жамоада давом эттириши маълум“ (2024-yil 6-yanvar).
  12. „Расман: Жасур Ҳакимов "Локомотив" аъзосига айланди“ (2024-yil 6-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]