Kontent qismiga oʻtish

Jamshid Iskanderov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jamshid Iskandarovdan yoʻnaltirildi)
Jamshid Iskanderov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamshid Mahmudovich Iskanderov
Tavallud sanasi 16-oktyabr 1993-yil (1993-10-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Urganch Oʻzbekiston
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2012 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Dinamo Samarqand 2 (0)
2012—2018 Paxtakor 126 (20)
2019—2020 Lokomotiv 26 (6)
2020—2021 Seongnam FC 46 (2)
2022— Navbahor 61 (12)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Oʻzbekiston U-20 13 (2)
2013—2015 Oʻzbekiston U-23 8 (2)
2014— Oʻzbekiston 35 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-iyun 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun 2024-yil uchun)

Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarim himoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynagan.[1][2]

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi.[3] 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktyabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Jamshid Iskanderov 2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[4] Oʻsha yili u „Paxtakor“ni asosiy futbolchisiga aylandi va mavsumda yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsum Jamshid oʻsha yili deyarli maydonga tushmaganiga qaramay, unga birinchi Oʻzbekiston chempionatini olib keldi. 2013-yildan buyon „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2014 va 2015-yilgi Oliyligada „Paxtakor“ jamoasining chempionlikldagi bosh ijodkorlardan biri edi.[5]

2018-yilgi mavsum soʻnggida Paxtakor jamoasi bilan oʻzaro shartnomasi yakunlandi[6] va 2019-yil mavsum boshida Toshkentning boshqa bir gigat klublaridan biri „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan.[7] Bir mavsum davomida "Temiryoʻlchilar safida xarakat qilgan Iskandarov 2020-yilgi mavsum boshida legioner aylandi va Koreya oliy dvizioni vakili „Seongam FC“ klubiga oʻtdi.[8][9][10] Janubiy koreya chempionatida ikki mavsum davomida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi. 2022-yilgi mavsum boshida sobiq ustozi Samvel Babayan taklifiga koʻra Namanganning „Navbahor“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va lochinlar safiga oʻtdi.[11] Dastlabki mavsumidayoq jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoaning ikkinchi toʻpurari, Oʻzbekiston Kubogi finalchisi, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin va Osiyo chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 2022-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.[12]

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentyabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida Iordaniya termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Jamshid Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgunga qadar Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasida ham toʻp surgan.[13]

  1. Eurosport Profile
  2. ESPNFC profile
  3. „Qizilqum vs. Dinamo Samarqand 2-1“. soccerway. Qaraldi: 2011-yil 28-may.
  4. „«Энг яхши мураббий» – Самвел Бабаян, «Энг яхши футболчи» - Одил Аҳмедов“. uff.uz (6-mart 2015-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. „arxiv nusxasi“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2015-yil.
  5. „Осиё бой берган “Мессилар" (1991—1996)“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  6. „Игорь Сергеев ва Жамшид Искандеров "Пахтакор"дан кетди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  7. „"Локомотив" Жамшид Искандеровнинг трансферини эълон қилди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  8. „Расман: Жамшид Искандеров Ж.Корея юқори дивизиони жамоасига ўтди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  9. „Жамшид Искандеров "Сеонгнам"да“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  10. „Жамшид Искандеров "Сеонгнам"дан кетмайди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  11. „Жамшид Искандеров – “Навбаҳор” футболчиси!“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  12. „"Энг зўр-2022". Йил мураббийи ва футболчиси номи аниқ бўлди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  13. „Match report“. 13-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2015-yil.
  14. „Йилнинг энг яхши футболчиси. Искандеров Шомуродовдан неча балл кўп олди?“. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.