Umid Isoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umid Isoqov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1978-yil 22-dekabr
Boʻyi 176 sm
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2004 Oʻzbekiston Naftchi (Fargʻona) (210 (139))
2005 Oʻzbekiston Paxtakor (6 (2))
2005 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) (11 (6))
2006 Oʻzbekiston Andijon (22 (9))
2007 Oʻzbekiston Nasaf (22 (7))
2008 Oʻzbekiston Qizilqum (17 (7))
2009 Oʻzbekiston Xorazm (7 (2))
2010 Oʻzbekiston Neftchi (f\Fargʻona) (5 (2))
Milliy terma jamoa
2000-2001  UZB (8 (3))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Umid Isoqov (1978-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining eng yaxshi toʻpurarlaridan biri. 1999-va 2001-yillardagi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini 1995-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1997-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2004-yil yakunigacha ushbu klub safida toʻp surgan. Bu vaqt ichida u „Neftchi“ safida 210 ta uchrashuvda maydonga tushib, 139 ta gol urishga erishgan. 2005-yilgi mavsumni Toshkentning „Paxtakor“ va Samarqandning „Dinamo“ klublarida oʻtkazgan. 2006-va 2007-yilgi mavsumlarda mos ravishda „Andijon“ va Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Zarafshonning „Qizilqum“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. 2010-yilda „Neftchi“ tarkibiga qaytib, oʻsha yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlagan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa safida jami hisobda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Xalqaro musoboqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umid Isoqov milliy terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 29-fevralida Moʻgʻulistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 8:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Xalqaro musobaqalarda urgan gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2000-yil 3-sentyabr Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy  Tailand 4-2 Magʻlubiyat Toʻrt millat kubogi
2. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya  Ozarbayjon 2-1 Gʻalaba Doʻstona
3. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya  Ozarbayjon 2-1 Gʻalaba Doʻstona
2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra toʻgʻri[1][2]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston chempionati (1): 2001-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi (7): 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004-yillar
  • Oʻzbekiston kubogi kumush medali sohibi (4): 1997, 1998, 2001, 2002-yillar

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 2001-yil
  • Oʻzbekistonda yilning yaxshi toʻpurari (2): 1999, 2001-yillar
  • Gennadi Krasnitskiy klubi aʼzosi: 188 ta gol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]