Baxtiyor Hamidullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahtiyor Hamidullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahtiyor Hamidullayev
Tavallud sanasi 7-mart 1978-yil (1978-03-07) (46 yosh)
Tavallud joyi Andijon, O'zbekiston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Andijon (Murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2002 Andijon 96 (80)
2003 Paxtakor Toshkent 5 (2)
2003—2004 Andijon 33 (14)
2005 Neftchi 9 (0)
2006—2008 Andijon
2009 Olmaliq
2010—2011 Andijon 47 (6)
Milliy terma jamoa
2001 O'zbekiston 8 (3)
Boshqargan klublari
2018—2019 Andijon (yoshlar)
2020- Andijon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-noyabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-oktabr 2001-yil uchun)

Baxtiyor Hamidullayev (1978-yil 7-martda tugʻilgan[1], Andijon, SSSR (hozirgi Oʻzbekiston) — sobiq Oʻzbek futbolchisi. Hozirda „Andijon“ klubini boshqarib kelmoqda[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining eng koʻp vaqtini „Andijon“ futbol jamoasida yuqori saviyali oʻyin koʻrsatib oʻtkazgan va „Andijon“ futbol klubida oʻsha davrda faoliyat yuritgan futbolchilar ichida zamonaviy davrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan. Hamidullayev 1999/2002 va 2006-yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, 1999-yilda 24 gol va 2002-yilda 22 gol bilan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Ligasi toʻpurariligida yakka peshqadamlik qilgan[3]. U Oʻzbekiston Ligasi, Kubogi va milliy terma jamoasi safida 190 dan ortiq gol urgan, Gennadiy Krasnitskiy klubining oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi. U futbolchilik faoliyatini 2011-yilda yakunlagan va oxirgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Hamidullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 8 ta oʻyin asosiy tarkibda maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Uning xalqaro maydondagi Terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyinlari orasida 2001-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Merdeka turniri alohida ajralib turadi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi marta gʻolib chiqqan edi. Hamidullayev 3 ta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan final bahsida qoʻshimcha vaqtda kiritgan oltin goli Oʻzbekiston terma jamoasiga 2:1 hisobida gʻalabasiga sabab boʻlib, Oʻzbekistonga chempionlikni olib kelgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Merdeka turniri : 2001-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kattalar terma jamoasi tarkibida urilgan gollar

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 22.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand  Tailand 1 — 0 1-0 2001-yil Merdeka turniri
2. 26.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand  Hindiston 1 — 0 2-1 2001-yil Merdeka turniri
3. 30.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand  Bosniya va Gersegovina 2 — 1 2-1 2001-yil Merdeka turniri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]