Odil Ahmedov
| |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ahmedov Odil Olimjonovich | ||
Tavallud sanasi | 25-noyabr 1987-yil (34 yosh) | ||
Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston, | ||
Boʻyi | 180 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() ![]() | |||
Professional karyerasi* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2011 2011-2014 2014-2016 2017-2020 2020-2021 2021 |
![]() |
(102 (16) 86 (3) 67(5) 64 (9) 5 (0) 0 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2007-2021 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
(11 (4) 6 (1) 6 (3) 73 (14)) | |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Odil Olimjonovich Ahmedov (1987-yil, 25-noyabr; Namangan, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi yarimhimoyachi, asosan markaziy va tayanch yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Xitoyning „Shanhay“ klubi sobiq futbolchisi.
Biografiyasi va karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Odil Ahmedov 1987-yilning 25-noyabr kuni Namangan shahrida tugʻilgan. 2000-yillarning boshida „Navbahor“ va Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq Toshkentning „Paxtakor“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashni boshlagan.
„Paxtakor“ safida[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006-yilda Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning oʻrinbosarlar jamoasidagi oʻyinini kuzatib uni „Paxtakor“ bosh jamoasiga jalb qiladi va shu bilan Ahmedovning „Paxtakor“dagi faoliyati boshlanadi. Uning „Paxtakor“ safidagi ilk debyut oʻyini oʻsha yilning 16-may kuni „Qizilqum“ jamoasiga qarshi boʻldi. „Paxtakor“ safidagi ilk mavsumidayoq Oʻzbekiston chempionligini va Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritadi.
2007-yilgi mavsumda Ahmedov „Paxtakor“ bilan yana Oʻzbekiston chempionligini, Oʻzbekiston kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga aʼzo davlatlar ishtirok etadigan Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogini qoʻlga kiritadi. Oʻsha mavsumda, „Paxtakor“ Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida Latviyaning „Ventspils“ klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida magʻlubiyatga uchratib kubokka ega chiqqan edi.
2008-yilgi mavsumda „Paxtakor“ bilan Oliy Ligada ikkinchi, Oʻzbekiston Kubogi va Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finaligacha yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib kumush medallarni qoʻlga kiritadi. Oʻshanda „Paxtakor“ Oʻzbekiston Kubogida „Bunyodkor“ga, Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning „Hazar-Lenkoran“ klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.
Faoliyatini yakunlashi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 18-dekabrda"Odil Ahmedov: „Orzuning shonli yo‘li“ kitobining taqdimot marosimini oʻtkazdi va unda futbolchilik faoliyatini tugatganini rasman eʼlon qildi.[1] Shu yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi.[2][3][4]
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston Chempioni: 2006, 2007
- Oʻzbekiston chempionati kumush medallari sohibi: 2008, 2009, 2010
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2006, 2007, 2009
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2008
- Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi sohibi: 2007
- Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalchisi: 2008
- Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2012/2013
- Rossiya Kubogi finalchisi: 2013/2014
- Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2014/2015
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2014
- „Anji“ futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011
- „Krasnnodar“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014/2015
- 2020 yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Otasi Olimjon Ahmedov
- Akasi Yoqub Olimjonovich Ahmedov — oʻzbek aktyori, rejissyor va prodyuser
- Ukasi Azim Olimjonovich Ahmedov — futbolchi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2021/12/18/odil-ahmedov-futbolchilik-faoliyatini-yakunlaganini-elon-qildi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2021/12/25/odil-ahmedov-rahbarlik-lavozimiga-saylandi
- ↑ Paxtakor futbolchilari profillari Arxivlandi 2011-10-08 Wayback Machine saytida.
- ↑ Odil Ahmedovni Telegramdagi fan saxifasi
|
![]() |
![]() |