Oʻtkir Yusupov
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Qozogʻiston SSR, SSSR[1] | ||
Boʻyi | 174 sm | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Raqami | 4 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012-2013 | Mashʼal | 4 | (0) |
2014-2015 | Nasaf | 18 | (0) |
2016-2017 | Neftchi | 38 | (0) |
2018-2019 | Qoʻqon 1912 | 32 | (0) |
2019- | Navbahor | 100 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018- | Oʻzbekiston | 12 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oʻtkir Yusupov (oʻzbek: Oʻtkir Yusupov, rus: Utkir Yusupov; 1991-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. U uygʻur millatidan.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan.
„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazdi.
2016-yilda u „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini shu yerda oʻtkazdi.
U „Qoʻqon 1912“ safiga 2018-yilda kelib qoʻshilgan. Bir mavsum davomida u yerda 32 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasining yangi futbolchisiga aylandi.[2]
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilning 16-oktabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazdi.
Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi.[3]
Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2018-yil 16-oktyabr holatiga koʻra
Oʻzbekiston | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2018 | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: (1) 2015-yil
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2022-yil
- Oʻzbekiston Pro ligasi: (1)
- Mash’al: 2013-yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „O'tkir Yusupov: "Ektor Kuperga vaqt kerak..."“.
- ↑ „"Қуруқ ўйин"лар кимда кўпроқ?“. 21-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ „AFC Asian Cup UAE 2019 Complete Squad Lists“ (PDF). The-AFC.com. Asian Football Confederation (27-dekabr 2018-yil). 28-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-dekabr 2018-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Utkir Yusupov at National-Football-Teams.com
- Utkir Yusupov at FootballDatabase.eu
- Utkir Yusupov at WorldFootball.net
- Utkir Yusupov at WorldFootball.com Wayback Machine saytida arxivlandi (1-yanvar 2019-yil).
- Soccerway
- Transfermarkt (igrok)
|
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekiston futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Futbol darvozabonlari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari