Sherzod Nasrullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sherzod Nasrullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sherzod Innatillo oʻgʻli Nasrullayev
Tavallud sanasi 23-iyul 1998-yil (1998-07-23) (25 yosh)
Tavallud joyi Koson Oʻzbekiston
Boʻyi 180 m (590 ft 6 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 78 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Nasaf
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015—2017 Oʻzbekiston Nasaf-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018— Oʻzbekiston Nasaf 98 (4)
Milliy terma jamoa
2018—2020 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 4 (1)
2022— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-yanvar 2024 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-yanvar 2024 uchun)

Sherzod Nasrullayev (1998-yil 23-iyulda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Nasaf“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherzod Nasrullayev – Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-2018-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 1-yanvaridan Sherzod Nasrullayev Nasaf U21 jamoasidan Nasafning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Sherzod Nasrullayevning oʻyin uslubi Roʻziqul Berdiyevga yoqadi. Sherzod Nasrullayev Nasaf safida birinchi mavsumida 1 ta oʻyin oʻtkazdi va umumiy hisobda 10 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va umumiy hisobda 702 daqiqa maydonda harakat qildi[1].

2020-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda maydonga tushdi 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va umumiy hisobda 1.691 daqiqa maydonda harakat qildi.

2021-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda maydonga tushdi 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.886 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka olgan. 2022-yilning 4-aprelida Superliga 4-turidan oʻrin olgan „Lokomotiv“ – „Nasaf“ bahsida (0:1), Sherzod Nasrullayev uchrashuvning 65-daqiqasida yelkasidan ogʻir jarohat oldi. Shundan soʻng, uning oʻrniga Alibek Davronov maydonga tushirildi[2]. 2022-yilning 22-iyunida Sherzod Nasrullayev jarohatidan tuzalib „Neftchi“ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi[3].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherzod Nasrullayev Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalari jamoalarida oʻynagan. Jumladan, Oʻzbekiston U21, Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi. Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston U21 jamoasi safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tokjikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Umumiy hisobda 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Oʻzbekiston U23 jamoasi safida ilk bor 2019-yil 11-oktabrda Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2022-yil 27-yanvarda Janubiy Sudanga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar
Nasaf 2018-yil Superliga 1 0 0 0 0 0 1 0
2019-yil Superliga 12 0 2 0 0 0 14 0
2020-yil Superliga 22 0 0 0 0 0 22 0
2021-yil Superliga 22 3 5 0 7 1 34 4
2022-yil Superliga 12 0 2 0 1 1 15 1
Jami 69 3 9 0 0 0 86 5

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Isht Gollar
2022-yil 2 -
Jami 2 -

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]