Anvarjon Soliyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anvarjon Ahmadjonovich Soliev | ||
Tavallud sanasi | 5-fevral 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan, USSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor (Yordamchi murabbiyi) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996-2000 | Navbahor Namangan | 85 | (29) |
2001-2007 | Paxtakor Toshkent | 115 | (60) |
2008-2010 | Bunyodkor | 52 | (22) |
2010 | → Nasaf Qarshi (Ijara) | 11 | (3) |
2011-2013 | Bunyodkor | 44 | (15) |
2013-2016 | Paxtakor Toshkent | 42 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2001-2009 | O'zbekiston | 48 | (8) |
Boshqargan klublari | |||
2016 | Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiyi) | ||
2016— | Navbahor Namangan (Yordamchi murabbiyi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-noyabr 2016-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-noyabr 2013-yil uchun) |
Anvarjon Soliyev (1978-yil 5-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi oʻzbekistonlik futbol hujumchisi va futbol murabbiyi.
Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dastlab „Yoshlik“ futbol jamoasida oʻynagan. Keyin esa Namanganning Navbahor jamoasida oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. 1998-yilda „Navbahor“ bilan Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2001-yilda "Paxtakor"ga oʻtgan.
Paxtakor[tahrir | manbasini tahrirlash]
Soliyev 2008-yilda poytaxtning „ Quruvchi“ klubiga oʻtganidan soʻng „Paxtakor“ skautlari nazariga tushgan. „Paxtakor“ bilan shartnomadan keyin yetti mavsum davomida jamoada oʻynagan. „Paxtakor“ safida u klubni tark etgunga qadar 6 karra Oʻzbekiston chempioni va 5 marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.
Bunyodkor[tahrir | manbasini tahrirlash]
Soliyev „Bunyodkor“ safidagi ilk mavsumidayoq chempionat oʻyinlarida 12 ta gol urgan. U 2012-yil 21-noyabr holatiga koʻra 46 ta gol bilan Oʻzbekiston ligasida klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi, Rivaldo va Server Jeparovlar ikkinchi oʻrinda. Soliyev 16 ta gol bilan OChL tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlib, shulardan 8 tasini „Bunyodkor“ jamoasi tarkibida kiritgan.
2013-yil 18-iyul kuni yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtdgan[1][2].
2015-yilgi Oʻzbekiston ligasi mavsumi yakuniga koʻra u „Paxtakor“ bilan sakkizinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 12 marta Oʻzbekiston Ligasi chempionligi va toʻqqizta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan Soliyev oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp sovrinni yutgan futbolchi hisoblanadi. Soliyev uchta klub safida oʻynab, Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona futbolchi.
U Gennadi Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 100 dan ortiq gol urgan (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra) liga, kubogi, OChL va milliy terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda 228 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil oʻrtalarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va "Paxtakor-2" da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. 2016-yilning dekabr oyidan Namanganning "Navbahor " klubi murabbiylar shtabiga ishga qabul qilingan.
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
U futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan va 2001-yilgi debyutidan soʻng 48 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan[3].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Navbahor
- Oʻzbekiston ligasi (1): 1996-yil
- Oʻzbekiston kubogi (1): 1998-yil
- „Paxtakor“
- Oʻzbekiston ligasi (8): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2014, 2015
- Oʻzbekiston kubogi (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
- MDH kubogi : 2007
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2003, 2004
- Bunyodkor
- Oʻzbekiston ligasi (3): 2008, 2009, 2011
- Oʻzbekiston kubogi (2): 2008, 2012
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2008, 2012
Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekistonda 3-yilning eng yaxshi futbolchisi : 2005-yil
- Oʻzbekiston ligasi toʻpurari : 2005 (29 gol)
- Gennadi Krasnitskiy klubi : 228 gol (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra)
Oʻyinlar statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoadagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 20.08.2003 | Riga, Latviya | ![]() |
0-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik |
2 | 06.11.2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
4-1 | Gʻalaba | 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
3 | 18.02.2004 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
1-1 | Durang | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 09.02.2005 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
1-1 | Durang | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
5 | 17.08.2005 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
3-2 | Gʻalaba | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
6 | 16.08.2006 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
2-2 | Durang | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
7 | 09.03.2007 | Chimkent, Qozogʻiston | ![]() |
6-0 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik |
8 | 28.03.2009 | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
4-0 | Gʻalaba | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Soliev returns to Pakhtakor“. FC Pakhtakor. Qaraldi: 19-iyul 2013-yil.
- ↑ „Анвар Солиев вернулся в 'Пахтакор'“. Uzdaily.com. 21-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
- ↑ „Uzbekistan—Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 22-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-oktabr 2008-yil.
|