Diyor Xolmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diyor Xolmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Diyor Xolmatov
Tavallud joyi ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Boʻyi 1,74 m
Ampluasi yarimhimoyachisi
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Paxtakor
Raqami 28
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021-
Paxtakor UZB
Milliy terma jamoa
OʻZB U19
OʻZB U21
OʻZB U23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Diyor Xolmatov (2002-yil 22-iyulda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi[1].

Biografiyasi va karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Xolmatov 2002-yil 22-iyulda tugʻilgan. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Diyor Xolmatov Paxtakor U18 tarkibida harakat qilgan. Paxtakor U18 safida 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Umumiy hisobda 19 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov transfermarktdagi narxi 400ming yevroni tashkil etadi[2].

Paxtakor safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Xolmatov 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov 2021-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 19 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol kiritdi va Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Umumiy hisobda 1306 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 21-dekabrda Paxtakor klubi Diyor Xolmatov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi[3]. Oʻzbekistonning 2021-yildagi futbol boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra Diyor Xolmatov 71 ball bilan eng yaxshi yosh futbolchilar ichida 3-oʻrinni oldi[4]. Transfermarkt portali va Championat.asia sayti hamkorlikda 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlashdi. Unga koʻra Diyor Xolmatov Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi deb topildi[5].

2022-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Xolmatov 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 10 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 4 ta oʻyin oʻtqazadi. Umumiy hisobda 407 daqiqa maydonda harakat qildi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Xolmatov Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalarida uynagan. Jumladan: Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U21 va Oʻzbekiston U23. Oʻzbekiston U21 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 28-may kuni Ukraina U21 jamoasiga qarshi oʻtqazgan. Oʻzbekiston U23 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 27-oktabr kuni Saudiya Arabistoni U23 jamoasiga qarshi oʻtqazgan. Diyor Xolmatov 2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi[6].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Paxtakor 2021-yil Superliga 19 1 19 1 6 0 44 2
2022-yil Superliga 10 0 1 0 4 0 15 1
Jami 19 1 20 1 10 0 59 3

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Oʻyinlar Gollar
2022-yil 11 0
Jami 11 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor[7]: Oʻzbekiston Superkubogi 2021-2022-yil

Paxtakor[8]: Oʻzbekiston Superligasi 2020-2021-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Diyor Xolmatov“. 26-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  2. „2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi“.
  3. „Paxtakor klubi Diyor Xolmatov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi“.
  4. „Diyor Xolmatov eng yaxshi yosh futbolchilar ichida 3-o`rinni oldi.“.
  5. „Diyor Xolmatov Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi deb topildi“. 10-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  6. „Oʻzbekiston U23 yakuniy qaydnomasiga kiritildi“.
  7. „Paxtakor O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi“.
  8. „Paxtakor jamoasiga 2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasi kubogi topshirildi“.