Kontent qismiga oʻtish

Davron Hoshimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Hoshimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Davron Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davron Rustamovich Hoshimov
Tavallud sanasi 1992-yil 24-noyabr (1992-11-24) (33 yosh)
Tavallud joyi Sirdaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kattaqoʻrgʻon
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
...—2010 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 Paxtakor 148 (5)
2018—2019 Navbahor 24 (0)
2019—2020 Lokomotiv 31 (0)
2020—2024 Navbahor 65 (0)
2024 Buxoro 8 (0)
2024 Metallurg Bekobod 5 (0)
2025 Lokomotiv 18 (0)
2026— Kattaqoʻrgʻon 18 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Oʻzbekiston U20
2011—2012 Oʻzbekiston U23
2013—2020 Oʻzbekiston 22 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Davron Hoshimov (1992-yili 24-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) — o'zbekistonlik futbolchi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon futbol klubi himoyachisi hisoblanadi.

Davron Hoshimov Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2015-yilning mart oyiga kelib u Paxtakor tarkibida jami 68ta oʻyinda qatnashdi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi. 2010-yilning oxirigacha „Paxtakor“ shogirdlari safida toʻp surgan, 2011-yil boshidan esa asosiy jamoaga jalb etila boshlagan. U 2017-yil oxirigacha „Paxtakor“da oʻynadi. 2018-yil boshida u Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtgandi. 2019-yilgi mavsum Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga taklif etildi.[1] Bir mavsum Temiryoʻlchilar safida toʻliq harakat qilgan Hoshimov, 2020-yilgi mavsumning 2-davrasidan yana Lochinlar safiga qaytdi.[2] Hozirgi kunda Namanganning „Navbahor“ jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2024-yil yanvar oyida Namangan jamoasini tark etgan[3].

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011—2012-yillarda Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yildan boshlab u mamlakat terma jamoasiga jalb qilina boshladi va u 2017-yilgacha oʻynadi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 15-noyabrida Vyetnam terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015-yilning martiga qadar u terma jamoada ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2015-yilning yozida terma jamoani Samvel Babayan boshqarganidan soʻng, Hoshimov terma jamoa oʻyinlariga muntazam ravishda chaqirila boshladi va koʻp hollarda terma jamoaning asosiy tarkibiga tushdi. 2017-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.

2019-yil 2-fevral holatiga koʻra

Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2013-yil 2 0
2014-yil 2 0
2016-yil 8 0
2017-yil 5 0
2018-yil 2 0
2019-yil 3 0
Umuman 22 0
  • Chempion Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015
  • Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
  • Bronza medali sohibi Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011
  • Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
  • Chempion Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2025