Kontent qismiga oʻtish

Rustam Ashurmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Ashurmatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Rustam Ashurmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Elyorovich Ashurmatov
Tavallud sanasi 1996-yil 7-iyul (1996-07-07) (30 yosh)
Tavallud joyi Qoʻqon, Uzbekistan
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Esteghlal
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 Bunyodkor 91 (5)
2019—2020 Gwangju 47 (2)
2021—2022 Gangwon 19 (1)
2022 Navbahor 25 (2)
2023—2025 Rubin 33 (2)
2025— Esteghlal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston U-17 6 (1)
2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2017—2018 Oʻzbekiston U-23 12 (1)
2017— Oʻzbekiston 40 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 15-noyabr uchun)

Rustam Elyorovich Ashurmatov (ruscha: Ашурматов, Рустам Элёрович; 1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Tehronning „Esteghlal“ klubida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 7-fevral kuni „Bunyodkor“ klubi Ashurmatovni „Gvanju“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan[1].

2021-yil 19-yanvarda Gvanju klubi Ashurmatovni Gangvonga oʻtganini eʼlon qilgan[2]. Gangvon 2022-yilning 15-fevralida Ashurmatov klubni tark etganini eʼlon qilgan[3]. Janubiy Koreyadagi faoliyati davomida ikki klub safida 65ta oʻyinda ishtirok etib 3 ta gol muallifi boʻlgan.

2022-yilning 18-fevralida Ashurmatov Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2022-yilgi mavsumda namanganliklar jamoasi bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng Rossiyaning „Rubin“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan[5].

2017-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi. Ashurmatov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari safida 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati, 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati,[6][7] va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan soʻnggi turnirda gʻolib chiqgan va final oʻyinida gol urgan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan[8].

Gvanju FK

  • K liga 2: 2019-yil

Oʻzbekiston U-23

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[9].

  1. „Рустам Ашурматовга омад тилаймиз!“ (oʻzbekcha). t.me/. FC Bunyodkor Telegram (7-fevral 2019-yil). Qaraldi: 26-fevral 2019-yil.
  2. „[오피셜 강원FC ‘우즈벡 국대’ 아슐마토프 영입“] (koreyscha). Goal.com (19-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  3. Gangwon (15-fevral 2022-yil). „지난 시즌 입단해 강원에서 멋진 활약을 보여준“ (kr). Press-reliz. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  4. Navbahor Namangan (18-fevral 2022-yil). „Рустам Ашурматов жамоамиз билан шартнома имзолади“ (oʻzbekcha). Press-reliz. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. „"Рубин" Рустам Ашурматов билан 3,5 йиллик шартнома имзолади“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  6. „FIFA Tournaments - Players & Coaches - Rustamjon ASHURMATOV“. FIFA.com. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  7. „FIFA U-17 World Cup UAE 2013 - Matches - Panama-Uzbekistan“. FIFA.com. 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  8. „UzPFL“. Telegram. Qaraldi: 2026-yil 29-may.
  9. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.