Egor Krimets
Egor Krimets | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Egor Krimets Vladimirovich | |
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1992 (27 yosh) | |
Tavvalud joyi | Toshkent, ![]() | |
Boʻyi | 1.93 m | |
Ampluasi | Himoyachi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | ![]() | |
Raqami | 2 | |
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2010-2012 2013-2014 2014-h.h |
![]() Beijing Guoan ![]() |
39 (4) 13 (0) 24 (5) |
Milliy terma jamoa | ||
2010 2012 2003— |
Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston |
3 (0) 1 (0) 4 (0) |
Boshqargan klublari | ||
Beijin Gousn | ||
1 Professional klublardagi gollari |
Egor Krimets 1992-yili 27-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi.
Mundarija
Klubdagi faoliyati[tahrir]
Egor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4 marta ishgʻol qildi.
2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdi.[1]
2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5ta gol kiritgan.
Xalqaro musobaqalardagi faoliyati[tahrir]
Egor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.
Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida Eron bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentabrda Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.
Shaxsiy hayoti[tahrir]
Uylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.
Statistikalari[tahrir]
Klubdagi ishtiroki | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol |
Oʻzbekiston | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Osiyo | Umumiy | ||||||
2010 | Paxtakor | Oliy liga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2011 | 16 | 1 | 5 | 0 | 3 | 1 | 24 | 2 | ||
2012 | 21 | 3 | 5 | 0 | 4 | 0 | 30 | 3 | ||
Xitoy | Liga | FA kubogi | Osiyo | Umumiy | ||||||
2013 | Beijing Guoan FC | XFCh | 13 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 18 | 0 |
Umumiy | Xitoy | 13 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 18 | 0 | |
Oʻzbekiston | 37 | 4 | 11 | 0 | 7 | 1 | 55 | 5 | ||
Umumiy karyerasi | 50 | 4 | 14 | 0 | 9 | 1 | 73 | 5 |
Yutuqlari[tahrir]
Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2011
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
Xitoy chempionati bronza medali sohibi: 2013
Manbalar[tahrir]
Havolalar[tahrir]
|
|