Sardor Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sardor Rahmonov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-iyul 1994-yil
Tavallud joyi Muborak,
Qashqadaryo Viloyati,
O'zbekiston
Boʻyi 1,79 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Mashʼal 2 (0)
2013-2014 Lokomotiv 3 (0)
2014-2015 Neftchi 37 (3)
2016 Buxoro 8 (1)
2016 Neftchi 13 (1)
2017-2018 Mashʼal 37 (3)
2019- … AGMK 79 (4)
Milliy terma jamoa
2011 O‘zbekiston U17 8 (0)
2013 O‘zbekiston U23 4 (2)
2016 O‘zbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sardor Rahmonov (1994-yil 9-iyul; Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, AGMK himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sardor Rahmonov Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. U professional faoliyatini 2012-yilda shu klubda boshlagan. Bungacha u „Mashʼal“ yoshlar jamoasida o‘ynagan. 2013-yil boshida u Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtib, bir yarim mavsum shu jamoada oʻynadi. Bu vaqt ichida u bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazdi.

2014-yil oʻrtalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtdi.[1] 2011 va 2013-yillarda mos ravishda O‘zbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasi aʼzosi bo‘lgan.

2016 yildan buyon — „Buxoro“ futbolchisi, biroq oʻsha yili „Neftchi“ga qaytdi.[2]

2017-yildan boshlab u oʻzining „Mashʼal“ jamoasida toʻp surdi, 2019-yilda esa AGMK futbolchisiga aylandi.[3]

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli yosh toifalaridagi O‘zbekiston terma jamoalarida o‘ynagan. 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, jamoa bilan chorak finalga qadar yetib borgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2013
  • O‘zbekiston Superkubogi finalchisi: 2014, 2019
  • O‘zbekiston kubogi finalchisi : 2019, 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sardor Rahmonov "Neftchi"da“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. „Sardor Rahmonov Neftchiga qaytmoqda“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  3. „AGMK uch himoyachining transferini elon qildi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]