Abdul Aziz Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdul Aziz Yusupov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-yanvar 1993-yil (1993-01-05) (31 yosh)
Tavallud joyi Denov, Oʻzbekiston
Boʻyi 175 cm (5 ft 9 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alay Osh
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2013 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Paxtakor 3 (0)
2014Andijon (ijara) 5 (0)
2015Oqtepa (ijara) 28 (17)
2016 Qoʻqon 1912 6 (0)
2017 Sementchi 28 (22)
2018 Neftchi 13 (0)
2018—2019 Surxon 33 (15)
2020Lokomotiv (ijara) 5 (0)
2021 Neftchi 1 (0)
2021—2022 Surxon 35 (4)
2023— Alay Osh 9 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2010 Oʻzbekiston U-17
2011—2013 Oʻzbekiston U-20 5
2013—2016 Oʻzbekiston U-23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdul Aziz Yusupov — (5-yanvar 1993-yil) Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha hujumchi, hozirda Qirgʻizistonning „Alay Osh“ jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati 2013-yil „Paxtakor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2014-yilgi mavsum yozgi transfer oynasiu vaqtida „Andijon“ klubiga ijaraga berilgan. 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasi vakili Toshkentning boshqa bir jamoasi „Oqtepa“ klubiga Paxtakor tarafidan ijaragfa berildi. Abdul Aziz „Oqtepa“ jamoasi safida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi va mavsumda 17 gol bilan yakunlandi.[1] 2016-yilgi mavsumni Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ klubi tarkibida boshladi.[2] Yangi jamoasi tarkibida oʻz oʻyinini topolmadi va 2017-yilgi mavsumda Fargʻonaning boshqa bir jamoasi, Quvasoyning „Sementchi“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Quvasoyliklar tarkibida ancha muvaffaqiytatli harakat qildi va Birinchi liga toʻurarlari orasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Yusupov oʻzining yaxshi oʻyinlari bilan jamoasining liga gʻolibi boʻlishida hissa qoʻshdi. 2018-yilgi mavsumda Fargʻonaning bosh jamoasi „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Keksa chinorlar“ tarkibida muvaffaqiyatli harakat qila olmadi va 2019-yilgi mavsumda tugʻilib oʻsgan joyi Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida harakat qildi.[3] 2021-yilgi mavsumda „Neftchi“ klubiga yangi bosh murabbiy Ilhom Moʻminjov taklifi bilan shartnoma iimzoladi.[4] ammo fargʻonaliklar safiga ikkinchi bor qaytish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi va Termizga „Surxon“ klubiga qaytdi. 2023-yilgi mavsumdan Qirgʻizistonning „Alay Osh“ klubi futbolchisi.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdul Aziz Yusupov terma jamoalar tarkibida kattalar jamoasida tashqari barcha yosh toifasida harakat qilgan. Terma jamoalar safidagi eng katta yutugʻi FIFA U-20 jahon chempionati 2013 da harakat qilgani edi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi: 2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]