Anvar Berdiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anvar Toʻxtayevich Berdiyev | ||
Tavallud sanasi | 11-may 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Muborak Qashqadaryo viloyati OʻzSSR | ||
Boʻyi | 178 cm (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi (Seleksioner murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994 | Temiryoʻlchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1995 | Temiryoʻlchi | - | (-) |
1995—1996 | Mashʼal | 48 | (11) |
1997—1999 | Nasaf | 45 | (33) |
2000—2013 | Neftchi | 345 | (164) |
2013—2015 | Bunyodkor | 22 | (5) |
2016—2018 | Andijon | 33+ | (11) |
2018 | Neftchi | 12 | (1) |
2019 | Istiqlol | 6 | (3) |
Total | 511 | (238) | |
Milliy terma jamoa | |||
1998—2003 | Oʻzbekiston | 5 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2019 | Istiqlol (yordamchi) | ||
2020—2021 | Istiqlol | ||
2021 | Buxoro (yordamchi) | ||
2021—2022 | Turon (yordamchi) | ||
2022—2023 | Turon | ||
2023—2024 | Shoʻrtan (yordamchi) | ||
2024—2025 | Shoʻrtan | ||
2025— | Neftchi (Seleksioner murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Anvar Toʻxtayevich Berdiyev (1978-yil 11-mayda, Muborakda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Neftchi futbol klubida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Anvar Berdiyev futbolchilik faoliyatini katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Superligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Berdiyev mehnat faoliyatini Temiryoʻlchida boshlagan[1]. „Mashal“ va „Nasaf“ klublarida oʻynagan. 2000-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtib, eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2001-yilda u Oʻzbekiston chempioni, 2012-yilda esa chempionatning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.[2] 2012-yil 29-dekabrda IFFHS hali ham faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiyev faoliyati davomida 433 ta oʻyinda 205 ta gol urgan holda roʻyxatda 18-oʻrinni egalladi[3][4]. 2012-yil 31-dekabrda IFFHS oʻzining yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiev 240 gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-oʻrinni egalladi[5].
1998-yil 24-aprelda Ozarbayjonga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Hammasi boʻlib 5 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi[6][7].
Anvar Berdiyev 225 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlaridan hisoblanadi (2018-yil 23-oktyabr holatiga koʻra). 2012-yilning 13-sentyabr kuni „Qizilqum“ga qarshi oʻyinda 199 va 200-gollarni kiritdi va Oʻzbekiston chempionatida Zafar Xolmurodovdan keyin 200ta gol urgan ikkinchi futbolchi boʻldi[8][9].
2013-yil 28-iyun kuni Anvar Toʻxtayevich „Neftchi“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga oʻtdi va u bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[10][11]. 2015-yilning yozida u „Bunyodkor“ni tark etdi va „Andijon“ bilan shartnoma imzoladi. „Andijon“ safida 11ta oʻyinda maydonga tushgan Berdiev 7ta gol urdi va „Andijon“ning Oʻzbekiston ligasida qolishiga katta hissa qoʻshdi. U 7 ta gol bilan „Andijon“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
2018-yilning yanvar oyida Berdiev yana „Neftchi“ klubi tarkibiga qaytgan. 2018-yilning 12-iyun kuni u Oʻzbekiston Superligasidagi Andijon jamoasi safida 500-rasmiy oʻyinini oʻtkazib, 88-daqiqada „Neftchi“ darvozasini ishgʻol qilgan[12].
2019-yilda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning avgust oyida Berdiyev futbolchilik faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida boshlaganini eʼlon qildi.
2023-yildan 2025-yilgacha Shoʻrtan klubi Bosh murabbiyi boʻlgan[13][14]. 2025-yil 9-iyunda „Neftchi“ klubining seleksioner murabbiyi sifatida tayinlangan[15].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston chempioni (2): 2001, 2013
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (5): 2000, 2002, 2003, 2004, 2006
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013[16]
- Shahsiy yutuqlar
- Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012 (19 ta gol)[17][18]
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Anvar Berdiev. (Wayback Machine saytida February 24, 2010, sanasida arxivlangan) 6 Yanvarya 2009.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2013/02/21/uff/
- ↑ „The World’s Best National Goal Scorer of XXI Century: Cristiano Ronaldo“ (2023-yil 19-yanvar).
- ↑ „IFFHS: The World's most successful Top Division Goal Scorer among the still active Players“. IFFHS (29-dekabr 2012-yil).
- ↑ „IFFHS, Updating: The World's 326 most successful Top Division Goal Scorers of all time“. IFFHS (31-dekabr 2012-yil).
- ↑ Lua xatosi in Modul:Manba/MU1 at line 4312: Tried to read nil global has_twl_url.
- ↑ „Aнвар Бердиев“. 2013-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ https://archive.today/20130421184159/http://championat.uz/ru/news-8/21105.html Anvar Berdiev zabil svoy yubileyniy 200-gol
- ↑ „Анвар Бердиев забил свой юбилейный 200-гол“. Championat.uz (13-sentabr 2012-yil). 2013-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ https://fcbunyodkor.com/ru.php/news/sections/club/7044[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ru: Анвар Бердиев: Меня приняли очень хорошо“ (ruscha). FC Bunyodkor (28-iyun 2013-yil). 2013-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Neftchi vs. Pakhtakor 1 - 1“. soccerway (12-iyun 2019-yil).
- ↑ „“Шўртан” бош мураббийи истеъфога чиқарилди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ Eshitdik-da! „Shoʻrtan“ bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
- ↑ „ANVAR BERDIYEV — JAMOAMIZNING SELEKSIONER MURABBIYI!“ (2025-yil 9-iyun).
- ↑ „“Bunyodkor”ning O'zbekiston kubogi-2013dagi statistikasi“ (2013-yil 26-sentyabr).
- ↑ „O`zbekiston Chempionati-2012 yakunlari“ (2012-yil 26-dekabr).
- ↑ „O‘zbekiston Oliy ligasi va Superliga bahslaridagi hozirgi kunga qadar to‘purarlar haqida.“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anvar Berdiyev NFT saytida
- Anvar Berdiyev Soccerway saytida
- Anvar Berdiyev Transfermarkt saytida
- 11-mayda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Muborakda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- Buxoro klubi murabbiylari
- Istiqlol Fargʻona klubi murabbiylari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari