Jamshid Boltaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamshid Boltaboyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1996-yil 3-oktyabr
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.74 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Paxtakor 33 (2)
2019—2021 Soʻgʻdiyona 67 (4)
2022-... Navbahor 24 (0)
Milliy terma jamoa
2013 O‘zbekiston U17 3 (1)
2014 Oʻzbekiston U20 4 (0)
2016 Oʻzbekiston U23 2 (0)
2016- Oʻzbekiston 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamshid Boltaboev (1996-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „Navbahor Namnagan“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Koʻp qirrali futbolchi, u quyidagi pozitsiyalarda harakat qilishi mumkin: markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi Osiyo U-16 chempionati va U-17 FIFA Jaxon Chempionatida muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng koʻp oʻtmay u xorijlik Yevropa skautlarini shunday hayratda qoldirdiki[1], bir qancha klublar sinov takliflarini yuborishdi[2], ammo u „Monako“ni tanladi va „ As Monako“ akademiyasi bilan olti kunlik mashgʻulotlarda qatnashdi va oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Professional karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil Paxtakor klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha jamoa tarkibida harakat qilgan. Shu yillar davomida jamoasining eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.[3]

2018-yil Paxtakor jamoasidagi bir qator oʻzgarishlardan soʻng Jamshid Soʻgʻdiyona jamoasi[4] safiga oʻtdi va jamoa bilan qator muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazdi. 2022-yildan Bosh murabbiy Samvel Babayanning taklifiga binoan[5] Namanganning Navbaxor jamoasi futbolchisiga aylandi[6]. Hozirda Navbahor futbolchsi hisoblanadi.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib Oʻzbekiston — Xorvatiya uchrashuvida gʻalaba toʻpini kiritgan[7] va oʻsmirlar terma jamoasini guruhdan chiqishida muhim hissa qoʻshgan va sariq kartochkalar koʻpligi sabab 1/8 final bosqichida Gonduras U-17 jamoasiga qrshi jamoadoshlariga yordam bera olmagan[8]

U 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi ilk oʻyinida Osiyo grandi Janubiy Koreya U- 23ga qarshi oʻyinda 72-daqiqada Iroq U-23ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborib, qizil kartochka oldi.[9]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014—2015-yilgi Ozbekiston Super ligasi Chempioni
  • 1x Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofoti
  • 2013-yilda sobiq U-17 terma jamoasi hamyurtlari Akobir Toʻraev va Izzatilla Abdullayevlar bilan birga yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.[10]

Mahalliy klublar statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamolar Liga oʻyinlar Kubok oʻyinlar Jami oʻyinlar Jami gollar
2023
2022 Navbahor (Namangan)
2021 Soʻgʻdiyona (Jizzax)
2020 Soʻgʻdiyona (Jizzax)
2019 Soʻgʻdiyona (Jizzax)
2018 Soʻgʻdiyona (Jizzax)
2017 Paxtakor (Toshkent)
2016 Paxtakor (Toshkent) 27 2 29 2
2015 Paxtakor (Toshkent) - - - -
2014 Paxtakor (Toshkent) 6 4 10 1

Xalqaro maqsadlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqib Yil Natija Gol urdi
1. Xorvatiya U17 2013 2-1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BAAda matbuot Boltaboev va O'zbekiston xaqida“ (25 okt 2013). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  2. „Boltaboevga Yevropa grandlari qiziqish bildiryapti“ (06 noy 2013). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  3. „Asosiyga aylangan azamatlar“ (4 dek 2016). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  4. „“Пахтакор”нинг 10 футболчиси Суперлига клубларига ижарада ўйнайди“ (28-fevral 2018-yil). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  5. „Eshitdik-da! "So'g'diyona" yarim himoyachisi "Navbahor"ga o'tmoqda“ (28 noy 2021). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28 noy 2021.
  6. „Jamshid Boltaboev "Navbahor" o'yinchisiga aylandi“ (1-yanvar 2022-yil). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  7. „https://en.wikipedia.org/wiki/2013_FIFA_U-17_World_Cup“ (2013). 18-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2013.
  8. „Boltaboev keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi“ (25 okt 2013). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  9. „U23 Osiyo chempionati. Jamshid Boltaboev Iroqqa qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi“ (13-yanvar 2016-yil). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.
  10. „"Yilning eng yaxshi yosh futbolchilari" - Boltaboev, To'raev va Abdullaev“ (23 dek 2013). 1-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]