Tohir Shamsiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tohir Shamsiddinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tohir Shamsiddinov
Tavallud sanasi 9-fevral 1993-yil (1993-02-09) (31 yosh)
Tavallud joyi Toʻraqoʻrgʻon, Oʻzbekiston
Boʻyi 172 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aral Nukus
Raqami 33
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2011 Soʻgʻdiyona
2011 Guliston
2012—2014 Paxtakor
2013   Guliston 17 (0)
2014—2017 Navbahor 79 (0)
2017—2019 Buxoro 19 (0)
2018   Soʻgʻdiyona 28 (0)
2020 Navbahor 14 (0)
2021 Neftchi 8 (0)
2022 Surxon 17 (0)
2024— Aral Nukus 5 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Oʻzbekiston U-17 4 (0)
2011—2013 Oʻzbekiston U-20 14 (0)
2014—2016 Oʻzbekiston U-23 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tohir Shamsiddinov (ruscha: Шамситдинов, Тохир; 1993-yil 9-fevral) — Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Nukusning „Aral“ klubi tarkibida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil mavsum boshida Buxoro jamoasidagi yarim yillik faoliyatidan soʻng klubni tark etdi va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan ijara asosidagi shartnoma imzolagan[1]. Mavsum yakunida ijara shartnomasi yakunlangach Buxoro klubiga qaytgan va keyinchalik shartnomani uzaytirmagan[2]. 2020-yilgi mavsum boshida Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. Namangan jamoasida bir mavsum oʻynadi va jamoani tark etdi.

2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4]. Fargʻona klubida mavsum yakunida Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2022-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan tarkibiga oʻtgan. Surxon jamoasida mavsum davomida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. Mavsum yakunida jamoani tark etgan.

2023-yilgi mavsumni jamoasiz va oʻyin amaliyotiz yakunlagan holda 2024-yilgi mavsumda Nukusning „Aral Nukus“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[5].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2012
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]