Shavkat Mullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Mullajonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shavkat Mullajonov
Tavallud sanasi 19-yanvar 1986-yil (1986-01-19) (37 yosh)
Tavallud joyi ZarafshonOʻzbek SSR, SSSR
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
 UZB Lokomotiv
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
 UZB Qizilqum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007
2007—2008
2009
2010
2010
2011—2012
2012—2013
2013
2014
2014—h.h
 UZB Qizilqum
 UZB Olmaiq
 UZB Paxtakor
 UZB Qizilqum
 UZB Olmaliq
 QAT Al Ahli
 KSA Al-Nassr
 CHN Liaoning Whowin
 UZB Olmaliq
 UZB Lokomotiv
(—


1 (0)
25 (0)
30 (0)
12 (0)
20 (0)
13 (0)
9 (0))
Milliy terma jamoa
2010—h.h  UZB Oʻzbekiston (35 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shavkat Mullajonov 1986-yil 19-yanvarda Zarafshon shahrida tugʻilgan. Ampluasi himoyachi Toshkentning Lokomotiv klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Mullajonov professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili oʻz tugʻilib oʻsgan ona shahri Zarafshonning Qizilqum tarkibida boshlagan. Shavkat “konchilar” tarkibida 2007-yilgacha oʻynaydi. 2007-yilning yozida u Olmaliqning Olmaliq futbol klubiga kelib qoʻshiladi.

U 2009-yili Toshkentning Paxtakor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va 2009-yili Paxtakorga keladi. Ammo, u Paxtakor safida zaxirada qolib ketadi va 2010-yili yana Qizilqum klubiga qaytadi. Qizilqum tarkibida bitta oʻyinda maydonga tushib keyin yana Olmaliqqa qaytadi. Oʻsha mavsumda u 25ta oʻyinda Olamliq tarkibida toʻp suradi.

Shavkat Mullajonov 2011-yilgi Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻynaydi. Osiyo kubogidan soʻng u Qatarning Al Ahli klubining diqqatini oʻziga tortadi. Shavkat Mullajonov Al Ahli klubida jamoaning haqiqiy lideriga aylanadi va jamoaning asosiy tarkibidan maydonga tusha boshlaydi. Bir yarim yil Al Ahli tarkibida toʻp surib 30ta oʻyinda maydonga tushgan.[1]

2012-yil boshidan Ar-Riyodning Al-Nassr klubi uni safiga qoʻshishni istaydi va tez orada u Al-Nassr tarkibiga qoʻshiladi. Al-Nassr tarkibida 12ta ucrashuvda maydonga tushadi. Shundan keyin, 2013-yilning oʻrtalarida u Xitoyga keladi va Shenyan shahri klubi Liaoning Whowin bilan shartnoma imzolaydi. Xitoy klubi tarkibida u bir mavsum oʻynab 20ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi.[2][3]

2014-yili u Oʻzbekistonga qaytadi va Olmaliq klubi safiga qoʻshiladi u yerda yarim mavsum oʻynaydi. Keyinroq Toshkentning Lokomotiv klubiga keladi va to bugungi kunga qadar ushbu klubda oʻynaydi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2010-yil 10-avgustda Albaniya termasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Osiyo kuboklari final bosqichlari oʻyinlarida 2011-yili 3ta oʻyinda maydonga tushib chorak final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa 2015-yilgi chempionatda 4ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Nassr tarkibida

  • 1Chempion Shahzoda kubogi gʻolibi: 2012

Lokomotiv tarkibida

  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014
  • 1Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „QATAR STARS LEAGUE - Shavkat Mullajanov“. Qatar Stars League. 28-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2012. Wayback Machine saytida arxivlandi (28-mart 2020-yil).
  2. النصر السعودي يتعاقد مع الأوزبكي ملجنوف Wayback Machine saytida arxivlandi (7-iyul 2012-yil). Al Jazeera sport, 5-iyul 2012
  3. 辽宁官方宣布签约外援中卫 乌兹别克国脚正式加盟

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]