Navbahor markaziy stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Navbahor markaziy stadioni — 1960-yillarda qurilgan Oʻzbekistondagi eng katta stadionlardan biri. Stadion oʻz bagʻriga 40 mingga yaqin muhlis sigʻdira oladi. Stadion Namangan shahrining g'arbiy kirish qismiga yaqin yerda joylashgan. Stadionda mahalliy Navbahor futbol klubi toʻp suradi.

„Navbahor“ markaziy oʻyingohi 2013 yilda foydalanishga toshiriladi.[1]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 19 yanvardagi „2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra Namangandagi „Navbahor“ markaziy oʻyingohini qayta rekonstruktsiya qilish hamda klub qoshidagi futbol maktabi uchun sport inshootini qurish belgilab qoʻyilgandi. Quyida bugungi kunda „Navbahor“ oʻyingohida olib borilayotgan taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari davom etayotgan inshootlari haqida maʼlumot berib oʻtamiz.

Futbol maktabi sport inshootlarini qurilishi uchun Namangan shahar hokimining 2011 yil 28 fevraldagi qarori bilan 1,7 ga. er maydoni ajratilgandi. Futbol maktabi sport inshootlari tarkibiga 90x60 m. va 80x60 m. Oʻlchamli ikkita futbol maydoni ikki qavatli maʼmuriy bino, injener kommunikatsiyalari kiritilgan. Ayni paytda Namangan shahrining Doʻstlik shoh koʻchasi yonida joylashgan „Navbahor-Umid“ futbol maktabining qurilish ishlari deyarli yakuniga etib boʻldi. Jumladan, maktabning maʼmuriy binosi, xojatxona va nasos binolari qurib bitkazildi. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash ishlari yakunlansa, bino tayyor holga keltiriladi. Yaqin kunlar ichida ikkita futbol maydonidagi ishlar ham yakuniga etadi. Maydonlarning birini sunʼiy qoplamali bOʻlishini eʼtirof etish joiz. Sport inshootining umumiy loyihaviy qiymati 1728 mln. soʻmni tashkil etadi.

„Navbahor“ markaziy oʻyingohidagi taʼmirlash ishlari esa maʼlum tanaffusdan keyin yana davom ettirilmoqda. Shu kunlarda bosh pudratchi hisoblangan qurilish tashkiloti rekonstruktsiyani boshlab yubordi. 1980 yilda foydalanishga topshirilgan markaziy oʻyingoh shu paytga qadar toʻla taʼmirlanmagandi. Faqatgina har bir mavsum arafasida joriy taʼmir ishlari olib borilardi. Zamon zayli bilan deganlaridek, bugungi kunda Oʻyingoh xalqaro oʻyinlarni oʻtkazish talabiga javob bermaydi. Umumiy er maydoni esa 6,2 gektarni tashkil qiladi. Oʻyingoh maydoni 110x67 metrni tashkil etib, inshootda 23ta sektordan tashqari ikkita bino ham bor. Oʻyingohning oldi tomonida ikki qavatli maʼmuriy bino joylashgan. Endilikda koʻrinishi oʻzgacha boʻlishi bilan bir qatorda tomoshabinlar sigʻimi ham 20000 muxlisga moʻljallanishi koʻzda tutilgandi. Ammo, Namangandagi oʻyingohni aksariyat hollarda ishqibozlar bilan toʻlib toshishi bois namanganlik muxlislar klub rahbariyati va viloyat futbol federatsiyasidan oʻrindiqlar sonini oshirishni soʻrashgandi. Ayni paytda ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.

„Navbahor-Umid“ futbol maktabi yaqin kunlar ichida jamoa tarbiyalanuvchilari ixtiyoriga topshirilsa, markaziy oʻyingoh esa 2013 yilgi mavsum arafasida foydalanishga topshiriladi.

Havolalar[tahrir]