Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha)
|
| |||
| Tahallusi | „Oq boʻrilar“ | ||
|---|---|---|---|
| Assotsiatsiya | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi | ||
| Konfederatsiya | AFC (Osiyo) | ||
| Bosh murabbiy |
| ||
| Uy stadioni |
Paxtakor Bunyodkor Olimpiya | ||
| FIFA kodi | UZB | ||
| |||
| FIFA U-20 Jahon chempionati | |||
| Ishtiroki | 5 (Ilk marta 2003-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Chorak final: 2013, | ||
| AFC U-20 Osiyo Kubogi | |||
| Ishtiroki | 6 (Ilk marta 2002-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi |
| ||
Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) aʼzosi.
Tarixdagi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U-20), 20 yoshgacha boʻlgan (U-20) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi[1].
AFC musoboqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi U-20/19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 8 marta ishtirok etgan[2]. Birinchi muvaffaqiyat milliy terma jamoaga 2002-yilda debyut turnirda erishgan. 2017-yilning 2-martida Aleksandr Mochinov 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga (1999-2000-yillarda tugʻilgan) murabbiy etib tayinlangan edi. 2017-yilning 31-oktabr — 8-noyabr kunlari Tojikistonda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turnirida Mochinov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi guruhdagi birinchi oʻrinni Tojikiston terma jamoasiga boy berib, final turniriga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Shu tariqa, 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2006-yildan buyon ilk bor 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga chiqa olmadi.
Qatar 2002
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qatarda boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida Yaponiya oʻsmirlar terma jamoasi yarim finalda penaltilar seriyasida birinchi boʻlib 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, 4-oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Saudiya Arabistoniga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻzbekiston U-19 futbol terma jamoasi AFC Osiyo yoshlari chempionati musobaqasidagi ilk debyutini Qatarda boʻlgan 2002-yilgi turnirda boshlagan. Oʻsha musobaqada Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi chorak finalga chiqqan edi, chorak finalda Suriya terma jamoasini 4-0 hisobida magʻlub etib yarim finalga yoʻllanma olgan edi. Yarim finalda Yaponiya terma jamoasiga 2-4 hisobida magʻlub boʻlgan va uchinchi oʻrin uchun kechgan uchrashuvda ham Saudiya Arabistoni terma jamoasiga magʻlub boʻlgan edi[3][4].
Saudiya Arabistoni 2008
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa finalda BAA terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrinni egalladi. Terma jamoaning AFC U-19 Osiyo chempionatidagi eng yaxshi natijasi 2008-yili qayd etildi. AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida 2-oʻrinni olgan edi,[5] finalda Birlashgan Arab Amirliklariga 1-2 hisobida yutqazgan[6].
Xitoy 2010
[tahrir | manbasini tahrirlash]BAA 2012
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston murabbiylar qurultoyida Ahmadjon Musayev Oʻzbekiston U-18 terma jamoasiga yangi murabbiy etib tayinlandi[7]. Unga 2012-yili 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga (U-18) terma jamoani olib borish vazifasi yuklangandi[8]. Musayev boshchiligida 18 yoshgacha boʻlgan mamlakatimiz terma jamoasi 2012-yilgi U-20 Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo yarim finalda Janubiy Koreya (U-19) yoshlar terma jamoasiga yutqazib, turnir finaliga chiqa olmagan. Janubiy Koreya U-19 jamoasi keyinchalik Osiyo chempioni boʻldi. Turnir natijasida yoshlar terma jamoasi 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl oldi.
Myanma 2014
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilning dekabr oyi oxirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini (U-18) Aleksey Yevstafeyev boshqarib, yoshlar terma jamoasining yangi davrinini boshladi. Bu haqdagi qaror FFU Terma jamoalar markazi Murabbiylar kengashi yigʻilishida qabul qilindi. Yevstafeyev zimmasiga 2014 yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionatiga saralash vazifasi qoʻyilgan edi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2014-yilning 11-martida Sergey Lushan Alekseydan keyin U-19 jamoasining yangi bosh murabbiyi boʻldi. Yevstafeyev oʻz xohishi bilan lavozimni tark etdi[9]. Sergey Luschan bungacha „Bunyodkor-2“ jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Lushan ham bu lavozimda uzoq ishlamadi. 2014-yil 6-iyun kuni esa „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangani munosabati bilan oʻz lavozimini tark etgandi. Bu lavozimda uning oʻrniga Ravshan Haydarov tayinlandi.
2014-yil 24-iyun kuni OʻFA Ravshan Haydarovni 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinladi. 2014-yil oktabr oyida Myanmada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Xaydarov shogirdlari guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, turnirning yarim finaliga qadar etib borgan va Shimoliy Koreya terma jamoasiga 0:5 hisobida magʻlub boʻlgandi[10][11]. Shunga qaramay, jamoa Yangi Zelandiyada 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatga yoʻllanma oldi.
Bahrayn 2016
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston 2023
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA musoboqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi jahon chempionatlarida jami 4 marta ishtirok etib kelmoqda. 2003, 2009-yilgi jahon chempionatlarida guruh bosqichidan kurashni toʻxtatgan boʻlsa,[12] 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida terma jamoa guruh bosqichidan chorak finalga chiqdi. Chorak finalda ular Gretsiya terma jamoasini 3-1 hisobida magʻlub etib yarim finalga yoʻllanma olgan edi. Yarim finalda esa ular Fransiyaga 0-4 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi[13][14][15].
BAA 2003
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misr 2009
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya 2013
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan. Ahmadjon Musayev shogirdlari turnirda yaxshi oʻyin koʻrsatishdi: guruhdan chiqqan jamoa 1/8 finalda Gretsiyani 3:1 hisobida magʻlub etdi, ammo chorak finalda turnirning boʻlajak chempioni Fransiya termasiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2013-yil Turkiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan soʻng murabbiylar shtabi istefoga chiqarib yuborilgandi.
Yangi Zelandiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xaydarov shogirdlari ikkinchi oʻrindan chiqib, 1/8 finalda Avstriya terma jamoasini ishonchli tarzda 2:0 hisobida magʻlub etishdi. Musobaqaning chorak finalida Oʻzbekiston Senegal termasiga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2013-yilgi jahon chempionatidagi yutugʻini takrorladi, u yerda jamoa turnirning xuddi shu bosqichida toʻxtadi.
Argentina 2023
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
AFC U-19 Osiyo chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
FIFA U-20 Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
2023-yil Oʻzbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogida Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi final baxsida Iroq U-20 futbol terma jamoasi magʻlub etgan xolda turnir chempionligiga erishdi[16].
Murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
UZB Viktor Borisov, U20 (2003)
UZB Ahmadjon Ubaydullayev, U18- U20 (2007—2009)
RUS Marat Kabayev, U18- U19 (2009—2010)
UZB Ahmadjon Musayev, U18- U20 (2011—2013)
UZB Aleksey Yevstafeyev, U18- U19 (2013—2014)
RUS Sergey Lushan, U19 (2014)
UZB Ravshan Haydarov, U19- U20 (2014—2015)
UZB Jasur Abduraimov, U19- U20 (2015—2016)
UZB Aleksandr Mochinov, U18 (2017)
UZB Otabek Gʻulomxoʻjayev, U18- U19 (2018—2019)
UZB Temur Kapadze, U20- U21 (2021)
UZB Ravshan Haydarov, U20 (2021—2023)
UZB Farhod Nishonov U18, U20 (2023—
Tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]U-20
[tahrir | manbasini tahrirlash]2026-yil 21-may holatiga
| № | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | DR | Zayniddin Yusufxonov | 2007-yil 21-aprel (19 yosh) | - | 0 | |
| 12 | DR | Neʼmatillo Rustamjonov | 2008-yil 17-mart (18 yosh) | - | 0 | |
| 23 | DR | Alishan Abutalipov | 2007-yil 19-aprel (19 yosh) | - | 0 | |
| 2 | HM | Azizbek Toʻlqinbekov | 2007-yil 10-fevral (19 yosh) | - | 0 | |
| 3 | HM | Ozodbek Najmiddinov | 2007-yil 2-mart (19 yosh) | - | 0 | |
| 4 | HM | Ozodbek Odiljonov | 2007-yil 1-yanvar (19 yosh) | - | 0 | |
| 5 | HM | Behruz Erkinov | 2006-yil 20-fevral (20 yosh) | - | 0 | |
| 6 | HM | Muhammadali Musaxonov | 2008-yil 18-dekabr (17 yosh) | - | 0 | |
| 7 | HM | Diyor Ermanov | 2007-yil 2-yanvar (19 yosh) | - | 0 | |
| 8 | HM | Behruz Karimov | 2007-yil 7-avgust (18 yosh) | - | 0 | |
| 14 | YH | Diyorbek Tojiyev | 2007-yil 14-yanvar (19 yosh) | - | 0 | |
| 15 | YH | Nurmuhammad Abdugʻaniyev | 2007-yil 23-avgust (18 yosh) | - | 0 | |
| 16 | YH | Quvonchbek Saidaliyev | 2007-yil 11-mart (19 yosh) | - | 0 | |
| 17 | YH | Azizbek Yerimbetov | 2008-yil 4-aprel (18 yosh) | - | 0 | |
| 18 | YH | Abulfayz Bobomurodov | 2007-yil 17-dekabr (18 yosh) | - | 0 | |
| 19 | YH | Behruz Abdusattorov | 2007-yil 1-sentabr (18 yosh) | - | 0 | |
| 20 | HJ | Sadriddin Hasanov | 2008-yil 21-may (18 yosh) | - | - | |
| 21 | HJ | Quvonchbek Abrayev | 2007-yil 20-yanvar (19 yosh) | - | - | |
| 22 | HJ | Ulugʻbek Maratov | 2007-yil 9-yanvar (19 yosh) | - | - | |
| 9 | HJ | Nurbek Sarsenbayev | 2008-yil 27-sentabr (17 yosh) | - | - | |
| 10 | HJ | Davron Toʻlaganov | 2007-yil 4-fevral (19 yosh) | - | - |
Oʻtkazilgan oʻyinlar va natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Win Draw Loss Fixture
2023
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 2023-yil 20-may FIFA U-20 World Cup GS | Argentina | 2–1 | | Santiago del Estero, Argentina |
| 18:00 ART (UTC−03:00) | Hisobot | Makhamadjonov |
Stadion: Estadio Único Madre de Ciudades Tomoshabinlar soni: 37,233 Hakam: François Letexier (France) |
| 2023-yil 23-may FIFA U-20 World Cup GS | Oʻzbekiston | 2–2 | | Santiago del Estero, Argentina |
| 15:00 ART (UTC−03:00) |
|
Hisobot | Stadion: Estadio Único Madre de Ciudades Tomoshabinlar soni: 12,243 Hakam: Oshane Nation (Jamaica) |
| 2023-yil 26-may FIFA U-20 World Cup GS | Oʻzbekiston | 2–0 | | Santiago del Estero, Argentina |
| 18:00 ART (UTC−03:00) | Nematjonov |
Hisobot | Stadion: Estadio Único Madre de Ciudades Tomoshabinlar soni: 15,357 Hakam: Mohamed Marouf (Egypt) |
| 2023-yil 30-may FIFA U-20 World Cup | Oʻzbekiston | 0–1 | | Estadio Malvinas Argentinas, Mendoza |
| 18:00 | Hisobot | Khalaili |
Tomoshabinlar soni: 10,492 Hakam: Yael Falcón Pérez (Argentina) |
2024
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 2024-yil 28-yanvar Friendly | Tailand | 1–1 | | Jakarta, Indonesia |
| 15:30 UTC+7 |
|
|
Stadion: Madya Stadium |
| 30 January 2024 Friendly | Indoneziya | 2–3 | | Jakarta, Indonesia |
| 19:30 UTC+7 |
|
|
Stadion: Madya Stadium |
| 2024-yil 4-iyun Weinan International Tournament | Janubiy Koreya | 1–1 | | Weinan, China |
| 15:30 UTC+8 |
|
|
Stadion: Weinan Sports Center Stadium |
| 2024-yil 7-iyun Weinan International Tournament | Oʻzbekiston | 0–0 | | Weinan, China |
| 19:35 UTC+8 | Stadion: Weinan Sports Center Stadium Hakam: Du Jianxin (China) |
| 2024-yil 10-iyun Weinan International Tournament | Oʻzbekiston | 2–1 | | Weinan, China |
| 15:30 UTC+8 |
|
|
Stadion: Weinan Sports Center Stadium Hakam: Du Jianxin (China) |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (14 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (15 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (16 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (18 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi
- Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „МундиалГАЧА. Гейнрихдан Шомуродовгача — Ўзбекистоннинг Жаҳон чемпионатларидаги голларига яна кимлар муаллифлик қилган?“. 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ „U-20 Осиё кубоги тарихидан. Дарвозабон Холмуҳаммедов, Гейнрихдан кутилмаган совға, Президент келган оқшомдаги чемпионлик ва Боймуродовни кашф этган мусобақа.“ (2025-yil 12-fevral).
- ↑ „"Ретро сурат". 2002 йилги Ўзбекистон U-19“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „МундиалГАЧА. 2003 йилги Жаҳон чемпионати ёхуд Маскерано ва Иньестага қарши ўзимизнинг Гейнрих, Иномов, Суюновлар“. 2023-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Бир ўйин тарихи. Усмонов четлатилган, Холмуҳаммедов дарвозабонга айланган, Ўзбекистонга мундиал йўлланмасини тақдим қилган учрашув“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „Ретро сурат. Миср-2009га борган футболчилардан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Мусаев назначен главным тренером молодёжной сборной“ (deadlink). UzDaily.uz (2011-yil 12-fevral). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Мусаев выбрал состав для участия в Кубке Содружества“. UFF (2013-yil 16-yanvar). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Евстафеев возглавил молодёжную сборную Узбекистана по футболу“. Podrobno.uz (2012-yil 27-dekabr). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ „Ўзбекистон у-20 термасининг мундиаллардаги иштирокига назар“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „МундиалГАЧА. Мўъжиза ёхуд Ўзбекистоннинг 2015 йил Янги Зеландиядаги саргузаштлари“. 2023-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-may.
- ↑ „МундиалГАЧА. Смоллинг, Айю, Триппьерга қарши ўзимизнинг Каримов, Нагаев, Қувватовлар ёхуд Миср-2009 Жаҳон чемпионати“. 2023-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „Тарихда шу кун. Франция - Ўзбекистон - 4:0. Погба, Умтити, Зумага қарши майдонга чиққан Сергеев, Махсталиев, Собирхўжаев“. 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „Орадан беш йил ўтиб: улар ҳозир қаерда?“. 2023-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „МундиалГАЧА (3-сон). Футболимиз тарихида янги саҳифа очган йигитлар ёхуд 10 йил олдинги U-20 Жаҳон чемпионатини ёдга оламиз“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi.“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
- FIFA profile: Uzbekistan U-20 at 2009 FIFA U-20 World Cup (Wayback Machine saytida 16-may 2013-yil sanasida arxivlangan): Natijalar
- AFC profile: Uzbekistan
- uzbekistan-20