Sanjar Tursunov
Sanjar Tursunov | ||
![]() | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Sanjar Atham oʻgʻli Tursunov | |
Tavallud sanasi | 1986-yil, 29-dekabr | |
Tavvalud joyi | Toshkent, ![]() | |
Boʻyi | 173 sm | |
Ampluasi | yarimhimoyachi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | ![]() | |
Raqami | 77 | |
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
![]() | ||
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2006-2008 2009-2011 2012 2013 2013 2014-h.v |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
86 (13) 102 (9) 22 (1) 5 (1) 16 (2) 5 (1) |
Milliy terma jamoa | ||
2010-h.v | ![]() |
33 (5) |
1 Professional klublardagi gollari |
Sanjar Athamovich Tursunov — Oʻzbekistonlik futbolchi. Ukrainaning „Vorskla“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. 1986-yilning 29-dekabr kuni Toshkentda tugʻilgan.
Karyerasi[tahrir]
Klublardagi karyerasi[tahrir]
Yoshlik paytida Sanjar Tursunov Toshkentning Paxtakor klubi safida oʻynagan. 2006-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtib Omskning „Irish“ klubida oʻynay boshladi. „Irtish“ safidagi debyut oʻyinini 23-fevral kuni „Zarya“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng oʻzining ilk golini „Kuzbass-Dinamo“ klubi darvozasiga kiritdi[1]. 2008-yilgacha Rossiya Ikkinchi Divizionida 86 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta golga mualliflik qildi. Shuningdek Rossiya Kubogida ham 5 ta oʻyin oʻtkazdi.
2009-yilning yanvarida Rossiya Birinchi Divizioni debyutanti Nijniy Novgorodning „Volga“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Birinchi Diviziondagi debyut mavsumida Tursunov 35 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi. Keyingi yili „Volga“ safida 36 ta oʻyinda maydonga tushdi va 6 ta golga mualliflik qildi. Oʻsha yili „Volga“ Birinchi Divizionda 2-oʻrinni egallab Premyer Ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Premyer Ligadagi debyuti 2011-yilning 14-martiga toʻgʻri keldi, „Tom“ klubiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻsha oʻyinda Tursunov 61-daqiqada maydonga tushirildi[3][4].
2011-yilning dekabrida Vladikavkazning „Alaniya“ klubiga oʻtdi[5].
2013-yilda esa Tursunov Oʻzbekistonga qaytdi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi[6].
2013-yilning iyul-dekabr oylarida yana Rossiyaga qaytib Orenburgning „Gazovik“ klubi safida oʻynadi.
2014-yildan Ukrainadagi Poltava shahrining „Vorskla“ klubi aʼzosi.
Terma jamoadagi karyerasi[tahrir]
Sanjar Tursunov Milliy terma jamoada 2010-yildan beri oʻynab keladi. 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi[7]
Yutuqlari[tahrir]
Russia Rossiya Birinchi Divizioni Vitse-Chempioni: 2010
Russia Rossiya Premyer Ligasi oʻyinlari ishtirokchisi: 2010-2011
Ukraine Ukraina Premyer Ligasi oʻyinlari ishtirokchisi: 2014
Uzbekistan Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 2012
Uzbekistan Milliy terma jamoa safida Osiyo Kubogi 2011 ishtirokchisi: 2011
Uzbekistan Osiyo Kubogi 2011 yarim finalchisi: 2011
Manbalar[tahrir]
- ↑ Заря (Ленинск-Кузнецкий) 0 — 0 Иртыш-1946 (Омск). КЛИСФ. Asl nusxadan arxivlandi (2013-08-03). 2011-03-17.
- ↑ Нижегородская «Волга» приобрела ещё двух сербских игроков. Чемпионат.ру. 2011-03-17.
- ↑ Кузбасс-Динамо (Кемерово) 0 — 5 Иртыш-1946 (Омск). КЛИСФ. Asl nusxadan arxivlandi (2013-08-02). 2011-03-17.
- ↑ Волга НН 2:0 Томь. Чемпионат.ру. 2011-03-17.
- ↑ «Алания» подписала контракт с Санжаром Турсуновым
- ↑ [ 2012 йилнинг энг яхши футболчиси — Санжар Турсунов "Локомотив"да (oʻzb.), archived from the original on 2014-03-22, https://web.archive.org/web/20140322001743/http://www.lokomotiv.uz/news.php?id=368, qaraldi: 2014-04-17 2012 йилнинг энг яхши футболчиси — Санжар Турсунов "Локомотив"да (oʻzb.)]
- ↑ Санжар Атхамович Турсунов. Чемпионат.ру. 2011-03-17.
|
![]() |