Anzur Ismoilov
Anzur Ismoilov | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Anzur Husanovich Ismoilov | |
Tavallud sanasi | 21-aprel 1985-yil (37 yosh) | |
Tavvalud joyi | Samarqand, Oʻzbek SSR, SSSR | |
Boʻyi | 1.90 m | |
Ampluasi | Himoyachi, yarimhimoyachi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | ![]() | |
Raqami | 5 | |
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
2000-2001 | ![]() | |
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2001 2002—2003 2003—2009 2006 2010 2011—h.h |
![]() ![]() ![]() → ![]() ![]() ![]() |
0 (0) 2 (0) 67 (1) 14 (3) 25 (2) 120 (8) |
Milliy terma jamoa | ||
2007—h.h | Oʻzbekiston | 64 (1) |
1 Professional klublardagi gollari |
Anzur Ismoilov oʻzbek futbolchisi 1985-yili 21-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan, ampluasi himoyachi va yarimhimoyachi, hozirda Xitoyning Changchun Yatai FC futbol klubida oʻynaydi. 2007-yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Klublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Professional futboldagi karyerasini 2001-yili Dinamo Samarqand futbol klubida boshlagan, 2002 va 2003-yillari Toshkentning Traktor klubida oʻynagan. 2003-yildan 2009-yilgacha Paxtakor sharafini himoya qilgan boʻlsa, 2010-yilda Bunyodkor PFK klubida 25 oʻyinda qatnashib 2ta golga mualliflik qildi.[1]
2011-yilning 17-fevralidan boshlab Xitoyning Changchun Yatai FC klubiga oʻtdi va hozirgacha oʻsha klub sharafini himoya qilib kemoqda.[2]
Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2007-yili 2-iyulda Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda oʻtkazgan, oʻshanda oʻyinning 70-daqiqasida Anzur jamoadoshi Aleksey Nikolayev bilan almashtirilgan edi.
2013-yilning 10-sentabrida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bahslarining 5-roundi ikkinchi javob uchrashuvida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning boshida gol urib qahramonga aylangan edi, ammo oʻyinning oxirida penaltilar seriyasida gol urolmay, terma jamoaning jahon chempionati saralashdagi odimini toʻxtatgan edi.[3]
2007-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etib terma jamoa safida bitta uchrashuvda maydonga tushgan, 2011-yilgi Osiyo kubogida 5ta oʻyinda maydonga tushib yarim final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa, 2015-yilgi Osiyo kubogida 4ta uchrashuvda maydonga tushib terma jamoa sharafini himoya qilgan. Jami terma jamoa safida 64ta oʻyin oʻtkazib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ismailov Husanovich/2006_2007/ficha/136/default/32496 „Anzur Ismailov Husanovich“ . zerozero.pt. Qaraldi: 11-aprel 2010. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „亚泰新赛季外援全完成签约 巴西中轴线打造完毕“(aniqlanmagan). http://sports.sohu.com/.
- ↑ Match report, archived from the original on 2014-07-09, https://web.archive.org/web/20140709054906/http://www.fifa.com/worldcup/preliminaries/asia/matches/round=257803/match=300240098/report.html, qaraldi: 2015-03-05
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|