Vladimir Kozak
Vladimir Kozak | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimir Anatolyevich Kozak | |
Tavallud sanasi | 12-iyun 1993-yil (27 yosh) | |
Tavvalud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | |
Boʻyi | 185 sm | |
Vazni | 76 kg | |
Ampluasi | himoyachi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | ![]() | |
Raqami | 29 | |
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
![]() | ||
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
2010—… | ![]() |
91 (12) |
Milliy terma jamoa | ||
2012 2013 2014—… 2014—… |
![]() ![]() ![]() ![]() |
1 (0) |
1 Professional klublardagi gollari |
Vladimir Kozak 1993-yili 12-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati ukrain. Toshkentning Paxtakor futbol klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati[tahrir]
Vladimir Kozak professional futboldagi faoliyatini 2010-yili Paxtakor klubida, Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkorga qarshi kechgan oʻyinda boshlagan. U hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilib keladi, shu vaqtga qadar u klub tarkibida 91ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12ta gol kiritgan. Oliy liganing 2012-yilgi mavsumida 5ta gol urgan, shulardan ikkitasini bitta oʻyinda Buxoro klubiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan.[1] Kozak 2014-yili ham oliy liga bahslarida 5ta gol urib, mamlakat chempionligini 2-marotaba qoʻlga kiritadi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir]
Vladimir Kozak terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yilning 29-mayida Ummon terma jamoasi bilan kechgan oʻrtoqlik ucrashuvida oʻtkazgan. U Oʻzbekistonning yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasida ham oʻynagan. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar jahon chempionatida qatnashgan.
Yutuqlari[tahrir]
- Klub
Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
- Xalqaro
- AFC U-19 Osiyo chempionati yarim finalchisi: 2012
Manbalar[tahrir]
- ↑ Pakhtakor - Buxoro 4:1, 21.11.2012. soccerway.com (2012-11-21).
Havolalar[tahrir]
|