Bobur Abduholiqov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bobur Alisher oʻg'li Abduholiqov | ||
Tavallud sanasi | 23-aprel 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Koson, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ordabasi | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012-2015 | Nasaf | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2020 | Nasaf | 112 | (45) |
2021 | Rukh Lviv | 0 | (0) |
2021—2022 | FK Energetik-BGU Minsk | 44 | (28) |
2023- | Ordabasi | 21 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016 | Oʻzbekiston U−20 | 3 | (1) |
2017-2020 | Oʻzbekiston U−23 | 40 | (21) |
2018- | Oʻzbekiston | 9 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-fevral 2021-yil uchun) |
Bobur Alisher oʻgʻli Abduxoliqov (1997-yil 23-aprelda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) — Oʻzbek futbolchisi, Energetik-BGU klubi hujumchisi.[1]
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson shahrida tugʻilgan. U Qarshining "Nasaf" klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, hujumchi 2015-yilning iyun oyida klubning asosiy jamoasiga oʻtgan. 2015-yilning 12-iyun kuni kattalar futbolidagi debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasidagi „ Oqtepa“ga qarshi oʻyinda oʻtkazib, 85-daqiqada Akramjon Baxritdinovni oʻrniga maydonga tushgan. Qoʻshimcha boʻlimlarda u gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. Debyut mavsumida u 4 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. U Superligadagi debyut golini 2016-yil 11-aprel kuni Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvida durang natija qayd etilgan (1:1) oʻyinida kiritgan.
2017-yilgi keyingi mavsumda u ikki barobar koʻp gol urgan, 21 oʻyinda 8 ta golli natijani qayd etgan. 2018-yilgi mavsumda u Oʻzbekiston Superligasida 27 oʻyinda 13 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan, shu jumladan, pley-off bosqichida 8-gol muallifiga aylangan. Oʻzi uchun muvaffaqiyatli 2018-yilgi mavsumdan soʻng, keyingi mavsum unchalik yorqin oʻyin koʻrsata olmagan, u liganing 20 oʻyinida uchta gol urgan. Qisqartirilgan 2020-yilgi mavsumda u yana oʻzining toʻpurarlik qobiliyatini namoyish etib, chempionatda ikkinchi toʻpurarga aylanib, 23 oʻyinda 17 ta gol urgan va faqat Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan serbiyalik hujumchi Dragan Cheranga yutqazgan (20 ta gol).
2021-yil 19-fevralda u Rux Lvov bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2021-yilning may oyida jamoani tark etgan[2].
2021-yilning iyul oyida u Belarusning Energetik-BGU klubiga oʻtgan[3]. Bobur Abduholqiov Energetik-BGU tarkibidagi debyut uchrashuvini 2021-yilning 17-iyunida Premyer-liga doirasida „Smorgon“ga qarshi bahsda amalga oshirgan[4]. Bobur Belarus jamoasi tarkibidagi birinchi golini 2021-yil 17-sentyabrda Torpedo-BelAZ jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan[5]. Bobur Abduholiqov yangi mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil 19-mart kuni „Vitebsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushish orqali amalga oshirgan. Bu oʻyin Abduholiqov uchun juda omadli kechgan, hujumchi oʻyinda ikkita gol urishga va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan[6][7]. 2022-yil 3-aprel kuni Belarus Oliy ligasining 2-turi doirasidagi "Torpedo-BelAZ" jamoasiga qarshi oʻyinda ham Bobur Abduholiqov dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan[8]. ABFF maʼlumotlariga koʻra, Abduholiqov 2022-yilgi Belarus Oliy ligasida 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[9]. 2022-yil 2-may kuni Belarus Oliy ligasining 6-turidan oʻrin olgan Neman Grodno jamoasiga qarshi oʻyinda Bobur Abduhliqov Belarus jamoasi tarkibidagi va turnirdagi ilk xet-trikni qayd etishga muvaffaq boʻlgan[10]. 2022-yilning 9-iyulida chempionatning navbatdagi tur bahsida Energetik-BGU „Gomel“ jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Oʻyinda Abduholiqov asosiy tarkibda maydonga tushgan ammo u ketma-ket 7 ta oʻyinda davom etib kelayotgan gollik seriyasinimana su bahda toʻxtatgan toʻxtatgan[11]. Abduholiqov 2022-yil 5-avgust kuni „Vitebsk“ jamaosiga qarshi oʻyinda yana dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan[12]. Oradan bir oy oʻtib, 2022-yil 3-sentyabr kuni „Isloch“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Bobur yana 2 ta gol urgan[13]. 2022-yil 2-noyabr kuni Minskning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻbekistonlik hujumchi yanabir bor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan, u mavsumdagi gollari soni boʻyicha Sergey Davydovga yetib olgan va shu tariqa u bilan legionerlarning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyhatida yakka peshqadamaga aylanib olishgan. Mavsum yakunida esa Bobur Abduholiqov va uning jamoasi Oliy liganing kumush medali sohibiga aylanishgan. Shuningdek, futbolchining oʻzi 26 ta gol bilan chempionat toʻpurari, 32 ochko bilan gol+pas tizimi boʻyicha eng yaxshi futbolchiga aylangan[14]. Bobur Oliy liganing ramziy jamoasiga kirgan[15]. Oradan biroz vaqt oʻtib futbolchi klubni tark etishini eʼlon qilgan[16]. Shuningdek, statistik maʼlumotlarga koʻra, futbolchi chempionatda safardagi gollar, xorijlik futbolchilar oʻrtasida mavsumdagi gollari va gol+pas tizimi boʻyicha chempionatda 3 ta yangi rekord oʻrnatgan, shuningdek, yana 2 ta rekordni takrorlagan. Xususan mavsumdagi dubllar soni va gʻalaba keltirgan gollar soni boʻyicha natijalarni takrorlagan[17]. Bobur Abduholiqovning „Belshina“ jamoasi darvozasiga urgan goli Premyer-ligadagi eng yaxshi 10ta gol roʻyhatidan joy olgan[18].
Ordobasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2023-yilning yanvar oyida futbolchi Qozog'istonning „Ordabasi“ klubi safida tibbiy koʻrikdan oʻtgan[19]. 2023-yilning fevralida Qozogʻiston klubi rahbari Baurjan Abdubaitov oʻzbekistonlik futbolchi bilan uning jamoasi shartnoma imzolanganini eʼlon qilgan[20]. Bobur Abduholiqov qozoq klubi safida 2023-yil 25-fevralda rasman klub futbolchilari roʻyhatiga kiritilgan[21]. Bobur klubdagi debyut uchrashuvini 2023-yil 25-fevralda Qozogʻiston Superkubogi uchun kechgan bahsda „Astana“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. „Ordobasi“ jamoasi bu uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan[22]. 2023-yil 4-mart kuni Qozogʻiston Premyer-ligasi doirasidagi debyut oʻyinida Kaspiy jamoasiga qarshi maydonga tushgan va Premyer ligadagi ilk oʻyinida gol urishga muvaffaq boʻlgan[23].
Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yilning may oyida Bobur ilk bor Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. 2018-yilning yanvar oyida milliy terma jamoa bilan birgalikda Xitoyda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqgan, u yerda jamoasining barcha oʻyinlarida maydonga tushgan. Oʻsha yili Osiyo oʻyinlarida 4ta oʻyinda 1ta gol urgan. Keyingi yili u murabbiy Ravshan Haydarov qoʻl ostida asosiy oʻyinchiga aylangan, shuningdek yoshlar oʻrtasidagi 2020-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻl olgan va 6 uchrashuvda 1 ta gol urgan. U jamoa safida 20 dan ortiq gol urgan va buning evaziga Oʻzbekistonning yangi tarixida ushbu yosh toifasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.
U 2018-yilning 8-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida magʻlubiyatga uchragan (0:3) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi debyutini ikkinchi boʻlimda Zabixullo Oʻrinboyev oʻrniga maydonga tushib amalga oshirgan.
Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubok | liga kubogi | Qitʼa kuboklari | Boshqa turnirlar | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | Oʻyinlar | Gol | ||
Nasaf | 2015-yil | Oʻzbekiston Superligasi | 1 | 0 | 3 | 2 | - | - | - | 4 | 2 | |||
2016-yil | 18 | 4 | 5 | 2 | - | 6 | 2 | - | 29 | 8 | ||||
2017-yil | 21 | 8 | 2 | 0 | - | 2 | 0 | - | 25 | 8 | ||||
2018 | 27 | 13 | 1 | 0 | - | 7 | 2 | - | 35 | 15 | ||||
2019 | 20 | 3 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 24 | 4 | |||
2020 | 25 | 17 | 3 | 0 | - | - | - | 28 | 17 | |||||
Jami | 112 | 45 | 18 | 5 | 0 | 0 | 15 | 4 | - | - | 145 | 54 | ||
Rux (Lvov) | 2020/21 | Ukraina Premer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||
Karyerada jami | 112 | 45 | 18 | 5 | 0 | 0 | 15 | 4 | - | - | 145 | 54 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018
- Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni: 2023-yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „"Nasaf"dagi "Pele" haqida“. 17-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
- ↑ „Федик: «За прошлый сезон с десяти баллов я ставлю четвёрку»“. 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
- ↑ „Бобур Абдихоликов — игрок «Энергетика» — БГУ“. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-mart 2022-yil.
- ↑ „Smorgon vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (17-iyun 2021-yil). 12-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
- ↑ „Torpedo BelAZ vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (17-sentyabr 2021-yil). 12-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
- ↑ „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (en). soccerway.com (19-mart 2022-yil). 22-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
- ↑ „Высшая лига, 1 тур. «Энергетик-БГУ» выиграл у «Витебска»“. 26-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
- ↑ „Дубль Абдихоликова, незабитый пенальти и другие моменты победы «Энергетика-БГУ» — «Торпедо-БелАЗ» (ВИДЕО)“. 3-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
- ↑ „Бобир Абдихоликов — лучший игрок 2-го тура высшей лиги по версии АБФФ (ВИДЕО)“. 5-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
- ↑ „Хет-трик Абдихоликова, «пушка» Хусанова и другие моменты разгрома «Немана» «Энергетиком-БГУ» (ВИДЕО)“. 3-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2022-yil.
- ↑ „И снова бенефис Садовского. "Гомель" прервал семиматчевую голевую серию лучшего бомбардира чемпионата“ (ru). football.by (9-iyul 2022-yil).
- ↑ „Vitebsk vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (5-avgust 2022-yil). 22-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Isloch vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (3-sentyabr 2022-yil). 3-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Футбол. Бобир абдихоликов — лучший бомбардир высшей лиги-2022 и лучший по системе "гол+пас"“ (ru). pressball.by (12-noyabr 2022-yil). 13-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Четверо из "Энергетика-БГУ", трое из БАТЭ, двое — чемпионы страны. Символическая сборная высшей лиги“ (ru). football.by (15-noyabr 2022-yil). 15-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Бобир Абдихоликов: "В "Энергетике-БГУ" не остаюсь. Хочу расти дальше"“ (ru). football.by (16-noyabr 2022-yil). 16-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Футбол. Бобир Абдихоликов установил три и повторил два рекорда высшей лиги в сезоне-2022“ (ru). pressball.by (21-noyabr 2022-yil). 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Топ-10 голов высшей лиги-2022“ (ru). football.by (24-noyabr 2022-yil). 25-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Абдихоликов продолжит карьеру у Седнева в "Ордабасы"“ (ru). football.by (31-yanvar 2023-yil). 1-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-fevral 2023-yil.
- ↑ „"Идут переговоры с российским спонсором". Президент "Ордабасы" - о долгах, трансферах и Астанове“ (ru). Vesti.kz. 16-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-fevral 2023-yil.
- ↑ „"Ордабасы" представил узбекского форварда за миллион евро и других новичков“ (ru). vesti.kz (25-fevral 2023-yil). 25-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-fevral 2023-yil.
- ↑ „«Астана» в шестой раз выиграла Суперкубок Казахстана“ (ru). inform.kz (25-fevral 2023-yil). 25-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-fevral 2023-yil.
- ↑ „Яркое возвращение Исламхана, голы-красавцы и удаление. Состоялся первый матч КПЛ-2023. Видео“ (ru). sports.kz (4-mart 2023-yil). 4-mart 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2023-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
|
- 23-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Kosonda tugʻilganlar
- Qashqadaryoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Qashqadaryo viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Ruh Lvov klubi futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Ordabasi klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Ukrainadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Qozogʻistondagi chet ellik erkak futbolchilari
- Belorussiyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari