Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aldulla Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1997-yil (1997-09-01) (26 yosh)
Tavallud joyi Qoʻrgʻontepa Oʻzbekiston
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2017 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Sementchi 12 (0)
2017—2022 Bunyodkor 82 (2)
2022—2023 OKMK 43 (2)
2023—2024 Khor Fakkan 21 (0)
2024— Paxtakor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 17 (1)
2021— Oʻzbekiston 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-iyul 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-iyun 2024-yil uchun)

Abdulla Abdullayev (Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev, 1997-yil 1-sentyabrda, Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) – Oʻzbekiston futbolchi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-ilda qaldirgʻochlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasi Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻzgartirdi[1][2]. Olmaliq jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida oʻynadi. Bu davr muobaynida Abdullar AFC Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoasi bilan birgalikda 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan.

2023-yil 8-sentyabrda BAAning "Khor Fakkan" jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil yozgi transfer oynasida BAA jamoasi tark etdi va Oʻzbekistonga qaytgan[3]. 2024-yil 15-iyulda „Paxtakor“ jamooasi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[4].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5].