Muhammadqodir Hamroliyev
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Muhammadqodir Hamroliyev | ||
| Tavallud sanasi | 6-iyul 2001-yil | ||
| Tavallud joyi | Rishton tumani Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.85 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
| Raqami | 5 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2018 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020—2021 | Dinamo | 30 | (3) |
| 2022 | → Olimpik | 25 | (3) |
| 2023— | Paxtakor | 28 | (1) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2021—2024 | Oʻzbekiston U-23 | 26 | (2) |
| 2023— | Oʻzbekiston | 3 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 2-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun) | |||
Muhammadqodir Hamroliyev (inglizcha: Mukhammadkodir Khamraliev; 6-iyul 2001-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Toshkentning „Paxtakor“ va Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadqodir „Paxtakor“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisblanadi[1]. Professional futboldagi faoliyati 2020-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida, Oʻzbekiston Pro ligasi musoboqasi oʻyinlarida boshlagan. Dastlabki mavsumidayoq jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi va 11 ta oʻyinda 2 ta gol muallifiga aylandi. Navbatdagi mavsumida Samarqand jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan[2] va klub tarkibida 22 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan va „Dinamo“ jamoasining Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrinni egallashida katta hizmat qilgan. 2022-yilig mavsum oldidan Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga ijaraga berilgan. Olimpik klubi tarkibida himoyachi boʻlishiga qaramay oʻzining toʻpurarlik mahorati bilan ham ajralib turgan va 25 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Mavsum yakunida Toshkentning boshqa bir jamoasi, 2022-yili Oʻzbekiston Superligasi chempioni „Paxtakor“ klubining skautlari qiziqishlar doirasiga tushgan[3][4]. 2023-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Dastlabki mavsumidayoq „Paxtakor“ klubining asosiy himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi, Mavum yakunida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi[6].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yildan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi[7]. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2023-yilda Xitoyda oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol musoboqasida bronza medal sohibi boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 2023-yil 25-dekabrda Srečko Katanec murabbiyligida „Qirgʻiziston“ terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[8].
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Isht | Gol |
| 2023 | 1 | 0 |
| Jami | 1 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston U23
- Osiyo oʻyinlari 2022 bronza medal sohibi: 2023
Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paxtakor
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2023
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2025
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Muhammadqodir Hamraliev: "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim"“ (2023-yil 25-noyabr).
- ↑ „«Динамо» 4 нафар футболчи билан шартномани узайтирди“ (2021-yil 26-yanvar).
- ↑ „Eshitdik-da! "Paxtakor" "Olimpik"ning ikki o'yinchisiga qiziqmoqda“ (2022-yil 6-noyabr).
- ↑ „TOP-10. Vunderkind yoxud Superliga-2022da porlab chiqqanlar (dastlabki beshlik)“ (2022-yil 22-noyabr).
- ↑ „Eshitdik-da! "Olimpik" etakchilaridan biri "Paxtakor"ga o'tmoqda“ (2023-yil 7-yanvar).
- ↑ „Суперлига. «Пахтакор» «Сурхон»ни ўз майдонида таслим этди ҳамда 16-чемпионлигини тантана қилди“ (2023-yil 24-noyabr).
- ↑ „Osiyo kubogi U-23 saralashi. Timur Kapadze kimni qancha o'ynatdi?“ (2023-yil 23-sentyabr).
- ↑ „O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston terma jamoasi yirik g'alabaga erishdi“ (2023-yil 25-dekabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammadqodir Hamroliyev[sayt ishlamaydi] OʻzPFL saytida
- Muhammadqodir Hamroliyev Transfermarkt saytida
- Muhammadqodir Hamroliyev Soccerway saytida
- 6-iyulda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Rishton tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Olimpik jamoasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
