Kontent qismiga oʻtish

Jamshid Iskanderov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jamshid Iskanderov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamshid Mahmudovich Iskanderov
Tavallud sanasi 1993-yil 16-oktyabr (1993-10-16) (32 yosh)
Tavallud joyi Urganch Oʻzbekiston
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2012 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Dinamo Samarqand 2 (0)
2012—2018 Paxtakor 126 (20)
2019—2020 Lokomotiv 26 (6)
2020—2021 Seongnam FC 46 (2)
2022—2024 Navbahor 77 (18)
2025— Neftchi 37 (9)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Oʻzbekiston U-20 13 (2)
2013—2015 Oʻzbekiston U-23 8 (2)
2014— Oʻzbekiston 43 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 29-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 18-noyabr uchun)

Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampulasi yarim himoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynagan[1][2].

Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi.[3] 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktyabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional futbol ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[4] Oʻsha yili „Paxtakor“ni asosiy futbolchisiga aylandi va mavsumda yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsum deyarli maydonga tushmaganiga qaramay, klubga birinchi Oʻzbekiston chempionligini olib keldi. 2013-yildan buyon „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2014 va 2015-yilgi Oliy ligada „Paxtakor“ jamoasining chempionligidagi bosh ijodkorlardan biri edi[5]

2018-yilgi mavsum soʻnggida Paxtakor jamoasi bilan oʻzaro shartnomasi yakunlandi[6] va 2019-yil mavsum boshida Toshkentning boshqa bir gigat klublaridan biri „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan.[7] Bir mavsum davomida "Temiryoʻlchilar safida harakat qilgan Iskandarov 2020-yilgi mavsum boshida legioner aylandi va Koreya oliy dvizioni vakili „Seongam FC“ klubiga oʻtdi.[8][9][10] Janubiy koreya chempionatida ikki mavsum davomida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi. 2022-yilgi mavsum boshida sobiq ustozi Samvel Babayan taklifiga koʻra Namanganning „Navbahor“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va lochinlar safiga oʻtdi.[11] Dastlabki mavsumidayoq jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoaning ikkinchi toʻpurari, Oʻzbekiston Kubogi finalchisi, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin va Osiyo chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 2022-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.[12]

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentyabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida Iordaniya termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamshid Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgunga qadar Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasida ham toʻp tepgan[13].

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan[14].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2026-yil 22-aprel[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Dinamo (Samarqand) 2011 Oʻzbekiston Superligasi 2 0 2 0
Paxtakor 2011 Oʻzbekiston Superligasi 1010
2012 4141
2013 2112 05[izoh 1]1282
2014 2566 1256
2015 1102 04[izoh 1]01[izoh 2] 0150
2016 216??3[izoh 1] 01 0256
2017 212302[izoh 1]0262
2018 22 2 4 0 1 0 27 2
Jami 12618711512015019
Lokomotiv 2019 Oʻzbekiston Superligasi 26610 6 11 0342
Seongam FC 2020 K liga 21030240
2021 25120271
Jami 46150511
Navbahor 2022 Oʻzbekiston Superligasi 267743311
2023 26 4 5 1 9 2 40 7
2024 25 7 6 0 31 7
Jami 77 18 18 5 9 2 104 25
Neftchi 2025 Oʻzbekiston Superligasi 29 7 3 0 32 7
2026 8 2 1 0 9 2
Jami 37 9 3 0 1 0 41 9
Umumiy faoliyat statistikasi 30652345003044037461
  1. 1 2 3 4 Appearances and goals in the AFC Champions League
  2. Appearances and goals in the Kazakhstan Super Cup
Paxtakor
Lokomotiv
Navbahor
Neftchi

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[17].

  1. Eurosport Profile
  2. ESPNFC profile
  3. „Qizilqum vs. Dinamo Samarqand 2-1“. soccerway. Qaraldi: 2011-yil 28-may.
  4. „«Энг яхши мураббий» – Самвел Бабаян, «Энг яхши футболчи» - Одил Аҳмедов“. uff.uz (6-mart 2015-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. „arxiv nusxasi“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2015-yil.
  5. „Осиё бой берган “Мессилар" (1991—1996)“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  6. „Игорь Сергеев ва Жамшид Искандеров "Пахтакор"дан кетди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  7. „"Локомотив" Жамшид Искандеровнинг трансферини эълон қилди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  8. „Расман: Жамшид Искандеров Ж.Корея юқори дивизиони жамоасига ўтди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  9. „Жамшид Искандеров "Сеонгнам"да“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  10. „Жамшид Искандеров "Сеонгнам"дан кетмайди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  11. „Жамшид Искандеров – “Навбаҳор” футболчиси!“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  12. „"Энг зўр-2022". Йил мураббийи ва футболчиси номи аниқ бўлди“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  13. „Match report“. 13-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2015-yil.
  14. „UzPFL“. Telegram. Qaraldi: 2026-yil 29-may.
  15. Jamshid Iskanderov Soccerway saytida
  16. „Йилнинг энг яхши футболчиси. Искандеров Шомуродовдан неча балл кўп олди?“. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2023-yil.
  17. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.