Fozil Musayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fozil Musayev | ||
Tavallud sanasi | 2-yanvar 1989-yil | ||
Tavallud joyi |
Toshkent, Oʻzbek SSR, ![]() | ||
Boʻyi | 187 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 88 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2008 2009—2011 2011—2012 2013 2013—2014 2014 2015—… |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(29 (0) 44 (5) 30 (3) 12 (1) 15 (1) 22 (2) 30 (1)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 2009—2011 2009—… |
![]() ![]() ![]() |
(10 (1) 18 (2) 23 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fozil Musayev 1989-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Hozirda Eronning Sepahan futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarimhimoyachi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fozil Musayev professional futboldagi faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf futbol klubida boshlagan. U ushbu klub tarkibida 2008-yil oxiriga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 29ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yili u Qashqadaryoning yana bir boshqa klubi Muborakning Mashʼal klubiga kelib qoʻshiladi, Fozil Musayev gazchilar safida 3 mavsum oʻynab 44 marta klub shanini maydonda himoya qildi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi.
2011-yili u yana Nasafga qaytadi va oʻsha yili jamoa bilan birga AFC kubogi musobaqasining chempioniga aylanadi. Nasaf safida 2 mavsum oʻynaydi, 30 marta maydonga tushib 3ta golga mualliflik qiladi. 2013-yili Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma imzolaydi,[1], ammo ushbu klubda yarim mavsum oʻynab, 12ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi. Keyin u Qatarning Muaither klubi bilan shartnoma imzoladi. Musayev arab klubi tarkibida 2014-yilning oʻrtalariga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 15ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilishga ulgurdi.
2014-yilning yozida u Oʻzbekistonga qaytadi va Toshkentning Lokomotiv klubi bilan shartnoma tuzadi. Lokomotiv tarkibida mavsumning oxirigacha oʻynaydi, 22ta oʻyinda oʻynab, 2ta golni oʻz nomiga yozdirib qoʻyadi. 2015-yilning yanvar oyida, Eronning Sepahan klubi bilan shartnoma imzolaydi va shu vaqtga qadar u ushbu klubda 13ta oʻyinda maydonga tushdi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fozil Musayev bir qancha xalqaro musobaqalarda terma jamoa sharafini himoya qilgan. U Oʻzbeiston U-19 terma jamoasi safida AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida oʻynagan. 2011-yili Oʻzbekiston U-22 terma jamoasi va 2012-yili Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2012 musobaqasi uchun boʻlgan saralash bosqichlarida ishtirok etgan.
Milliy terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yil 1-fevralda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 23ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.
Klubdagi statistikalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klubdagi isht. | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol |
Oʻzbekiston | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Jami | ||||||
2007 | Nasaf Qarshi | Oliy liga | 11 | 0 | - | - | 11 | 0 | ||
2008 | 18 | 0 | - | - | 18 | 0 | ||||
2009 | Mashʼal Muborak | 15 | 2 | - | - | 15 | 2 | |||
2010 | 19 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||||
2011 | 10 | 3 | 4 | 0 | - | - | 14 | 3 | ||
Nasaf Qarshi | 7 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 13 | 1 | ||
2012 | 23 | 2 | 7 | 1 | 6 | 1 | 36 | 4 | ||
2013 | Bunyodkor | 12 | 1 | 1 | 0 | 6 | 2 | 19 | 3 | |
Qatar | Liga | Kubok | Qitaʼviy | Jami | ||||||
2013/14 | Muaither | Qatar Yulduzlar ligasi | 15 | 1 | 1 | 0 | - | - | 16 | 1 |
Oʻzbekiston | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Jami | ||||||
2014 | Lokomotiv Toshkent | Oliy liga | 22 | 2 | 5 | 0 | - | - | 27 | 2 |
Eron | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Jami | ||||||
2014/15 | Sepahan | Fors koʻrfazi ligasi | 13 | 0 | 0 | 0 | - | - | 13 | 0 |
Jami faoliyatida | 165 | 12 | 20 | 1 | 16 | 3 | 201 | 16 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Nasaf tarkibida
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2011
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012
AFC kubogi gʻolibi: 2011
- Lokomotiv tarkibida
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014
Oʻzbekiston super kubogi finalchisi: 2014
- Sepahan tarkibida
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Янги “қалдирғочлар”“. fcbunyodkor.com (4-yanvar 2013-yil). 22-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil. Arxivlandi 2015-07-22 Wayback Machine saytida.
- ↑ Fozil Musaev soccerway.com saytida
- ↑ Fozil Musaev footballdatabase.eu saytida
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fozil Musaev Soccerway.com saytida
- Fozil Musaev Footballdatabase.eu saytida
- Fozil Musaev Arxivlandi 2015-09-24 Wayback Machine saytida. Goal.com saytida
- Fozil Musaev Arxivlandi 2015-06-30 Wayback Machine saytida. Fifa.com saytida
|
|