Artur Gevorkyan
jpg | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Artur Aleksandrovich Gevorkyan | ||
Tavallud sanasi | 22-noyabr 1984-yil (37 yosh) | ||
Tavallud joyi |
Ashxobod, ![]() | ||
Boʻyi | 175 sm | ||
Laqabi | "Qirol Artur" | ||
Vazni | kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Niso | |||
Professional karyerasi* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004-2005 2005 2006 2007-2010 |
![]() ![]() | ||
Milliy terma jamoa | |||
2007- |
![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Artur Aleksandrovich Gevorkyan 1984-yil 22-noyabrda Turkmanistonning poytaxti Ashxobod shahrida tavallud topgan. Artur Gevorkyan oilali, ikki nafar farzandi bor. Artur Gevorkyanning birinchi murabbiyi Boris Grigoryan bo'lgan.
Klub karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Artur Gevorkyan yoshligida Niso jamoasi o'rinbosarlarida o'ynagan. 2004-2005-yillarda Turkmanistonning Shagadam klubida 17ta o'yinda 2ta gol urgan. 2005-2006-yillarda Qozog'iztonning Yesil Bogatir klubida faoliyat yuritadi. Bu klubda Gevorkyan 12ta o'yin o'tkazib, 1ta gol uradi. 2006-2007-yilda Artur Gevorkyan faoliyatini yurtida davom ettiradi. U Ashxobod klubida jami 23ta o'yin o'tkazib 8ta gol urgan. Artur Gevorkyan 2007-yildan boshlab o'z futbolchilik faoliyatini O'zbekistonda davom ettirmoqda. U 2007-2010-yillarda o'z faoliyatini G'uzor shahrining Sho'rtan klubida davom ettirgan. Shu yillar davomida Gevorkyan 95ta o'yinda 24ta gol urgan. 2010-2011-yillarda Gevorkyan Toshkentning Paxtakor klubida o'ynagan. Paxtakor safida 23ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgan. 2011-2016-yillarda Gevorgyan Nasaf jamoasi safida eng ajoyib o'yinlarni o'tkazgan. U 2011-yilda Nasaf tarkibida OFK kubogini qo'lga kiritdi. Nasaf tarkibida 140ta o'yinda 64ta gol urdi. Gevorkyan 2016-yilning yarmini Lokomotiv jamoasi safida o'ynadi. Shu yili u O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Hozirda Qizilqum safida to'p surayapti.
Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Artur Gevorkyan Turkmaniston milliy terma jamoasida to'p suradi. Terma jamoada 2007-yil 28-oktabrda Kambodja terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilgan. Hozirga qadar Gevorkyan terma jamoada 16ta o'yinda 3ta gol urgan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- O'zbekiston Kubogi sohibi(2015)
- O'zbekiston Chempionati chempioni (2016)
- O'zbekiston Chempionati kumush medal sohibi (2011)
- O'zbekiston Chempionati bronza medali sohibi (2013,2014,2015)
- O'zbekiston Kubogi finalchisi (2011,2012,2013)
- O'zbekiston Superkubogi sohibi(2016)
- Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi sohibi(2011)
- O'zbekiston Chempionati to'purari (2014) 18ta gol
- O'zbekiston chempionatida eng yaxshi legioner futbolchi (2013, 2014)