Farruh Sayfiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Farruh Sayfiyev | ||
Tavallud sanasi | 17-yanvar 1991-yil | ||
Tavallud joyi |
Qarshi, ![]() | ||
Boʻyi | 183 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Vazni | 75 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 34 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
…—2012 |
![]() | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—h.h |
![]() | (39 (6)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2014—h.h |
![]() | (11 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Farruh Sayfiyev 1991-yili 17-yanvarda Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Qarshining Nasaf futbol klubining yarimhimoyachisi hisoblanadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi[1]. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushdi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmadi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2013, 2014
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2012, 2013
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
|