Igor Sergeyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Igor Sergeevdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Igor Sergeev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Sergeev
Tavallud sanasi 30-aprel 1993 (1993-04-30) (25 yosh)
Tavvalud joyi    Igor Sergeyev Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 187 sm
Vazni 76 kg
Ampluasi Hujumchi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Igor Sergeyev Paxtakor
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Igor Sergeyev Paxtakor
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gol)*
2011-h.v Igor Sergeyev Paxtakor 52 (16)   
Milliy terma jamoa
2013-h.v Oʻzbekiston U-18
Oʻzbekiston U-19
Oʻzbekiston U-20
Oʻzbekiston
4 (1)
14 (9)
3 (2)
17 (5)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Igor Sergeyevoʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Paxtakor PFK aʼzosi.

Faoliyati[tahrir]

Paxtakor[tahrir]

Igorning Paxtakor tarkibidagi dastlabki debyut oʻyni 2011-yil 5-mart kuni Qizilqumga (futbol jamoasi) qarshi boʻlib oʻtadi. Bunda u oʻyinning 90-daqiqasida Temurxoʻja Abduxoliqovning oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi.[1]. I.S faoliyati davomida Paxtakor tarkibida 52 ta oʻyinga tushib 15 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Milliy terma jamoa[tahrir]

Milliy terma jamoaga taklif qilingunga qadar Sergeev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida[2]. toʻp surgan. MTJ dagi dastlabki oʻyinni 10-sentabr 2013-yilda Iordaniya milliy futbol terma jamoasi ga qarshi oʻtkazgan. MTJ tarkibidagi 2-oʻyini Vyetnam termasiga qarshi kechdi va bunda Igor terma jamoa tarkibida oʻzining ilk golini nishonladi.

Osiyo Kubogi-2015 bahslarida esa 3ta uchrashuvda oʻyinga tushib Shimoliy Koreyaga qarshi kechgan oʻyinda kiritgan goli uchrashuv oxirigacha yagonaligicha qoldi va yakunda Igorning goli MTJ uchun muhim boʻlgan 3 ochkoni taqdim etdi.

Yutuqlari[tahrir]

Jamoaviy[tahrir]

  • Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni: 2012 2014
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2011
  • Oʻzbekiston kubogi sovrindori: 2011
  • Yoshlar oʻrtasida Osiyo Kubogi finalchisi: 2012

Shaxsiy[tahrir]

  • Yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2012

Manbalar[tahrir]

  1. Pakhtakor 2-0 Qizilqum. Soccerway. 20 November 2012.
  2. Sergeev scoops top scorer award. The Asian Football Confederation. 20 November 2012.