Chorvoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Chorvoq (oʻng qirgʻogʻida) va Xoʻjakent (chap qirgʻogʻida)

Chorvoq (Chorbogʻ) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shaharcha. Toshkent shahardan 70 km. Ugom tizmasining yon bagʻrida, Ugom daryosining Chirchiq daryosiga quyilish joyidagi oʻng sohilida, Toshkent — Xoʻjakent temir yoʻlda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xoʻjakent (3 km). Oʻrtacha 892 m balandlikda. 1964 yil Chorvoq suv ombori va Chorvoq GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Axrlisi 5,5 ming kishi (2004).

Ch.da, asosan, quruvchilar va energetiklar, shuningdek, yoʻlsozlar, haydovchilar, korxonalar ishchi va xizmatchilar ham yashaydi.

Shaharcha nomi ("Chorbogʻ") toʻrtta bogʻ maʼnosini bildiradi. Ch.da Chorvoq GES qurilish boshqarmasi, Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi, Boʻstonliq tumani avtomobil yoʻllari boshqarmasi, avtotransport ishlab chiqarish korxonasi kabi yirik korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi. "Shams" firmasi ("Xumson" mineral suvi qadoklanadi) bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, 2 bolalar, 1 shahar kutubxonasi, markaziy kasalxona mavjud. Ch. yon atrofida bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, sanatoriylar ishlab turibdi. Suv ombori sohillarida "Chorbogʻ" oromgohi, Bekobod, Olmaliq va Navoiy konmetallurgiya ktlarining dam olish maskanlari barpo etilgan. Ch.ga Toshkent — Chorvoq yoʻnalishida avtobuslar, Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Chorvoq" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil